Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Smetana, banan va pryaniklardan ajoyib ta’mga ega tort tayyorlab ko‘ring. Shokolad va yong‘oqlar shirinlikni yanada mazali qilishi shubhasiz.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • Smetana − 500 gramm;
  • Shakar upasi − 100 gramm;
  • Banan − 2-3 dona;
  • Pryanik shirinligi − 500 gramm;
  • Shokolad va yong‘oq ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. Smetana shakar upasi bilan aralashtiriladi;
  2. Bananlar yupqaroq, pryaniklar yon tomonidan ikki bo‘lakka bo‘linadi;
  3. Pryanik bo‘laklari smetanali aralashmaga botiriladi va qolipga terib chiqiladi;
  4. Ustidan banan teriladi;
  5. Jarayon shu yo‘sinda takrorlanadi va eng ustki qismga pryanik teriladi. Ortib qolgan smetanali krem shirinlik ustidan quyiladi;
  6. 6-7 soat davomida muzlatkichga qo‘yiladi;
  7. Tayyor bo‘lgan tort eritilgan shokolad hamda yong‘oqlar bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi