Rossiyaning Samara va Novosibirsk viloyatlaridan Markaziy harbiy okrugning maxsus topshiriqlar bo‘linmasi harbiy xizmatchilari qo‘shma maxsus-taktik mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulotlar Termizdagi poligonda 9—12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari shartli dushmanning orqa tomonida maxsus operatsiya o‘tkazadi. Operatsiya davomida vertolyotdan desant tushirish, ravedka-qidiruv harakatlari, topshiriq bajarilganidan keyin guruhni evakuatsiya qilish amalga oshiriladi.
Shuningdek, mashg‘ulot vaqtida o‘ta muhim obyektlarni qo‘riqlash va mudofaa qilish hamda diversion guruhlarga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha mashqlar bajariladi.
Izoh (0)