10-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:02 da O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Yer silkinishi magnitudasi epimarkazda 2,9 ballni tashkil qilgan va 25 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 272 kilometrni tashkil qilgan.
Zilzila O‘zbekistonning Andijon viloyatida sezilgan va uning kuchi 2 ballni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr, 10-noyabr, 12-noyabr, 19-noyabr, 26-noyabr va 30-noyabr kunlari qo‘shni davlatlarda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezilgan edi.
Izoh (0)