O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga muvofiq Akmal Murodov Navoiy viloyati ma’muriy sudi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Akmal Murodov 2006—2008-yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi sudyasi, 2008—2017-yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudining sudyasi, 2017-yildan buyon bugunga qadar O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tayinlov munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov hamda viloyatdagi huquq-tartibot organlarining mas’ul rahbarlari ishtirok etgan.
Avvalroq Navoiy viloyati prokurori Sirdaryo viloyati prokurori etib tayinlangani, Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari Navoiy viloyatiga prokuror bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)