• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Qimmatbaho uylar, mashinalar, golf va reklama shartnomalari. “Qizil mashina” “motori” Robert Levandovski qanday hayot kechiradi?

    So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi hujumchilari haqida gap ketganda, Messi va Ronaldudan keyin, albatta, Robert Levandovski tilga olinadi. Bunga esa yetarlicha sabablar bor. Polshalik hujumchi ketma-ket mavsumlar davomida barqarorlikni saqlashdan tashqari yildan yilga o‘sib ham bormoqda. U deyarli har bir o‘yinda gol uradi, yil oxiriga borib esa rekordlarni qatorlatib tashlaydi. Uning yagona kamchiligi — “yerlik bo‘lmagan” daholar bilan bir davrda o‘ynayotgani. Futbol ixlosmandlarini esa “qizil mashina” (“Bavariya”) motorining (Levandovski) maydondagi harakatlaridan tashqari uning qanday hayot kechirishi ham birdek qiziqtiradi. Quyida Levandovskining yashash tarzi, mashinalari, daromadi, shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz.

    Levandovski qayerda yashaydi?

    Hujumchining Germaniyada ko‘chmas mulki yo‘q, ammo Polshada uning butun boshli ikkita uyi bor. Myunxenda Robert “Bavariya” tomonidan ijaraga olingan uyda yashaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Levaning Varshavadagi uyi “Zloto 44” nomli minorada joylashgan. Ushbu ko‘p qavatli minoradagi uyning qiymati 7 million funt sterlingni tashkil etadi. Minorada, shuningdek, sport ko‘ngilochar markazi, kinoteatr, sport zali, hatto golf maydonchasi va sharoblar saqlanadigan ombor mavjud.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Levandovskining ikkinchi uyi esa Polshaning shimoli-sharqidagi Mazur ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Futbolchining ikki qavatli hashamatli uyi butunlay yog‘ochdan qurilgan. U yerda Robert oilasi va eng yaqin do‘stlari bilan dam olishni yaxshi ko‘radi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bu yerda polshalik forvard ekstremal suv skuterlarini boshqarishni xush ko‘radi. Polsha ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ushbu qasr Levaga naq 8 million yevroga tushgan.

    Levandovski qanday mashinalarda yuradi?

    Germaniya Bundesligasining eng yaxshi forvardi tabiiyki, eng yaxshi garajga ham ega. Uning dastlabki avtoulovi Ferrari F12 Berlinetta bo‘lgan. Ushbu avtomobil uchun Robert 280 ming yevro to‘lagan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Uning to‘plamdagi ikkinchi mashina Porsche Cayenne GTS bo‘lib, bir vaqtlar “Borussiya” muxlislari uning g‘ildiraklarini yechib ketgandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shuningdek, Levandovskining garajida Mercedes CL 63 (40 ming yevro) Lamborghini Gallardo (300 ming yevro), Maserati Granturismo’ni (116 ming dollar) ko‘rish mumkin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Foto: Pudelek

    Foto: Pudelek

    Levandovskining shaxsiy hayoti

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Robert bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Anna bilan 2007-yilda Varshava ta’lim va sport maktabi talabalari uchun tashkil etilgan seminarda tanishgan. 2013-yilning 22-iyun sanasida esa juftlik munosabatlarini rasmiylashtiradi va keng miqyosdagi to‘y marosimini o‘tkazadi. Marosimga uch mingga yaqin odam taklif qilinadi. Anna karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibi hisoblanadi, u Jahon va Yevropa chempionatlarida bir necha bor sovrindor bo‘lgan. 2016 va 2020-yilda oilada ikki bor qiz farzandlar dunyoga keladi, qizaloqlarga Klara hamda Lora ismlari beriladi. Bugungi kunda Robert va Anna Levandovski barcha yosh polyaklar uchun ideal juftlik va namuna sifatida qabul qilinadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Levandovskining do‘stlari kim?

    Futbolchi odatda vaqtini rafiqasi va qizi bilan birgalikda o‘tkazadi. Shunga qaramay, uning bir qancha do‘stlari bor. Futbolchilar orasida esa Robertning eng yaqin do‘sti Marko Roysdir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ularning do‘stligi Levaning “Borussiya D”ga o‘tganida boshlangan. Robert “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgandan so‘ng ham do‘stlar muloqotni to‘xtatmadi va bugungi kunda ham ular tez-tez uchrashib turadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Levandovski futboldan tashqari nimalarga qiziqadi?

    Levandovski ham ko‘plab futbolchilar singari, futboldan tashqari basketbolni yaxshi ko‘radi, biroq bu shunchaki so‘zda emas, polshalik bu borada “Bavariya”dagi eng yaxshisi hisoblanadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlanganidek, u suv transportlarini boshqarishni yaxshi ko‘radi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shuningdek, uning qiziqish doiralaridan golf, boks va qo‘shiq kuylash ham o‘rin olgan.

    Levandovskining daromadi qancha?

    Robert “Bavariya” bilan shartnomasiga ko‘ra, yiliga 15 million yevro miqdorida maosh oladi. Biroq avvalgi maqolalarda ham ta’kidlanganidek, charm to‘p ustalari faqat maosh bilan cheklanmaydi.

    Robert Huawei brendining Polshadagi yuzi, shuningdek, sport ichimliklar toifasida Polsha bozorining yetakchisi Oshee’ning elchisi hisoblanadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ammo Levandovskining eng katta hamkori, bu Nike. Ushbu hamkorliklarning barchasidan forvard yiliga, taxminan, 5 million yevro daromad ko‘radi.

    Mavzuga doir: Uzoq kutilgan qirol — Robert Levandovski haqida

    Boshqa maqolalar:

    • Ijaradagi uy, mashinalar, fransuz go‘zali va millionlab daromad. Kilian Mbappe qanday hayot kechiradi?
    • Futboldan tashqari qiziqishlar, mashinalar va bir uyum reklama shartnomalari. Benazir Joze Mourinyo qanday hayot kechiradi?
    • Hashamatli uy, mashinalar va ko‘z-ko‘z qilinmaydigan shaxsiy hayot. “Real”ning “billur oyoq”li yulduzi Eden Azar qanday hayot kechiradi?

    02.12.2020, 17:00   Izoh (0)   30086
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Atletiko” “Bavariya”ning rekordli seriyasiga nuqta qo‘ydi

    02.12.2020, 16:05

    “Real” Chempionlar Ligasida antirekord qayd etdi

    02.12.2020, 15:02

    “Neftchi”—“Turon” o‘yini mashmashasi: Besh kishi 15 sutkaga qamaldi, olti kishiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

    02.12.2020, 14:23

    Eldorni endilikda Moskvadagi taksichilar ham kuzatmoqda. Shomurodovning samarali harakatlari va “Jenoa”ning mag‘lubiyatlari haqida

    02.12.2020, 13:00

    Krishtianu Ronaldu Golden Foot—2020 sovrini uchun kurashda Leo Messini ortda qoldirdi

    02.12.2020, 12:01

    “Neftchi”—“Turon” o‘yinidan so‘ng yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida 8 kishi ushlangan. Qo‘lga olinganlar orasida “Neftchi”ning ikki futbolchisi ham bor

    02.12.2020, 11:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi rad etildi

    O‘zbekiston | 18 may, 08:46

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.