Dasturxonni turfa xil taom-u salatlar bilan bezashni xush ko‘radigan pazanda bekajonlar uchun  quyidagi retsept ayni muddao.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • Tovuq filesi − 350 gramm;
  • Qattiq pishloq − 100 gramm;
  • Konservalangan ananas − 150 gramm;
  • Danaksiz zaytun mevasi − 50 gramm;
  • Korservalangan qo‘ziqorin − 100 gramm;
  • Makkajo‘xori − 100 gramm;
  • Mayonez − 2-3 osh qoshiq;
  • Ko‘kat va tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi qaynab turgan tuzli suvga solinadi. 15-20 daqiqa davomida qaynatib olinadi. Go‘sht sovutib olingandan so‘ng mayda bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Ananas kub shaklida, zaytun esa uzunasiga ikki bo‘linadi.
  3. Ko‘kat mayda to‘g‘raladi. Tovuq, pishloq, zaytun, makkajo‘xori, qo‘ziqorin, ko‘kat va mayonez aralashtiriladi. Ta’bga ko‘ra tuz sepiladi.
  4. Salatni dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!