Xiaomi kompaniyasi ZMI brendi ostida qishda qo‘lni isitish va smartfonni quvvatlantirish imkonini beradigan isitgichni taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Isitgich u qadar katta bo‘lmagan silliqlangan toshga o‘xshaydi, uning ichiga sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatilgan. Undan ikki maqsadda foydalanish mumkin — korpusini isitish va smartfonni quvvatlantirish.
Korpus ichiga isitish elementlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular Selsiy bo‘yicha 52 darajada issiqlikni ishlab chiqaradi — bu inson uchun xavfsiz harorat. Shunday qilib, qurilma yordamida qishda qo‘lni isitish mumkin. Isitgich 2 soatda 4 soatgacha ishlay oladi.
Shuningdek, qurilma korpusida USB-razyom ham mavjud — uning yordamida smartfon, fitnes-bilaguzuk, naushniklar va boshqa kichik gadjetlarni quvvatlantirish mumkin. Bonus sifatida unga kichik fonar ham o‘rnatilgan.
Avvalroq Xiaomi “uchtasi birda” fonarini, eng arzon elektroskuterni, barmoq izi skaneriga ega bloknotni taqdim etgandi.