Daryo

Xiaomi barmoq izi skaneriga ega bloknotni taqdim etadi

Ushbu bloknotning ikkita versiyasi sotuvga chiqariladi: yashil va kulrang. Narxi — Xitoyda 43 dollar

1 daqiqa o‘qish25 962 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xiaomi Youpin

Xiaomi Youpin internet do‘konining kraudfanding maydonchasida qiziqarli yangilik — barmoq izi skaneriga ega bloknot paydo bo‘ldi. Mazkur bloknot o‘z qo‘lyozmalari boshqalar qo‘liga tushishini xohlamaganlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Xiaomi Youpin

Bloknotni ochish uchun barmoqni yon tomonda joylashgan daktiloskopik datchikka tegizish va qisqa vibratsiyani kutish lozim. Bloknotni blokdan chiqarish uchun 0,5 soniya talab etiladi, uning ichiga 160 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, bir martalik quvvat ikki oyga yetadi.

Foto: Xiaomi Youpin

Shuningdek, bloknot ichidan ruchka, karta yoki qaydlar uchun qo‘shimcha joylar mavjud. Oppoq varaqlar tugagach, muqovani yangi varaqlarga ega boshqa bloknotga ko‘chirish mumkin.

Foto: Xiaomi Youpin

Ushbu bloknotning ikkita versiyasi sotuvga chiqariladi: yashil va kulrang. Narxi — Xitoyda 43 dollar.

Avvalroq Xiaomi qahvani xush ko‘ruvchilar uchun “aqlli” gadjetni kraudfanding platformasi orqali taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:  Eslatib o‘tamiz, may oyining oxirlarida Xiaomi jamoaviy moliyalashtirish platformasi orqali Smart Lock E “aqlli” qulfini 126 dollardan taqdim etgandi. Ikki kun ichida qulf uchun yig‘ilgan mablag‘lar kompaniya kutganidan 1000 foizga oshib ketgan.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar