Daryo

Xiaomi dunyodagi eng ishonchli chamadonning yangilangan versiyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda

Chamadoni olib yurishda qulaylik yaratish maqsadida unga turli ob-havo sharoitlariga bardoshli to‘rtta g‘ildirak o‘rnatilgan

1 daqiqa o‘qish36 163 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xiaomi Today

Xiaomi kompaniyasi nafaqat gadjetlar ishlab chiqaradi, balki uning “aqlli” uy uchun ko‘plab texnikalari va hatto karavoti ham bor. Ko‘pchilikka Xitoy gigantining metall chamadoni ham yaxshi tanish bo‘lib, yaqinda kompaniya yangilangan Metal Carry-on Luggage 2’ni taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Gizmochina.

Foto: Xiaomi Today

Chamadon korpusi materialining asosiy qismi alyuminiy-magniyli qorishmadan tashkil topgan. U kumushrang tusda bo‘lib, o‘tkir burchaklari yo‘q — barcha tomoni yoysimon va yaxshilab sayqallangan.

Chamadoni olib yurishda qulaylik yaratish maqsadida unga turli ob-havo sharoitlariga bardoshli to‘rtta g‘ildirak o‘rnatilgan. Shuningdek, yon tomonida ham ushlagichi bor.

Chamadon ichidagi yukning xavfsizligini nafaqat metall korpus, balki TSA qulfi ham ta’minlaydi. U o‘z egasiga istalgan kodni o‘rnatish imkonini beradi. Hozirda mazkur yangilik haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q.

Metal Carry-on Luggage 2’ning taqdimoti 15-iyunga rejalashtirilgan. Chamadon 141 dollardan sotuvga chiqishi kutilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar