Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Reddit platformasida uzun qora paypaslagichlari bor noma’lum “maxluq” o‘lgan beshiktebratarning ichidan chiqib kelgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Rolik 24 ming marotabadan ortiq tomosha qilingan va uning ostiga qariyb 2 mingta izoh qoldirilgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

“Yaxshisi, ‘Qoradagi odamlar’ni chaqiringlar”, — deyiladi video izohida. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, erkak arraning o‘tmas tarafi bilan o‘lgan beshiktebratarning qornini bosgan. Oradan bir necha soniya o‘tgach hasharotning og‘zidan ko‘plab ingichka va uzun paypaslagichlar chiqa boshlagan.

“Bu qililon. Ushbu parazitlar ko‘pincha hasharotlar ichida yashaydi. Biroq uning ijarachisi endi o‘lgani sabab ular o‘ziga yangi va xavfsiz joy qidirish maqsadida qochib ketishmoqchi”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. Uning qolgan izohiga 11 mingdan ortiq layk bosilgan.

“Demak, endi ular o‘rmalab yurib o‘ziga yangi xo‘jayin topadimi? Yoki ochiq havoda shunchaki o‘lib ketadimi?”, — deya izoh qoldiradi yana bir foydalanuvchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi