Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2020-yilning may oyida 398 million so‘mga Trailblazer LTZ AT xarid qilgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Kompaniya o‘z avtoparkida rostdan ham shunaqa yo‘ltanlamas borligini tasdiqlagan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Mazkur avtomashina uzoq masofaga hamda tog‘li sharoitlarga xizmat safarlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, jamiyatning shunday turdagi mashinaga ehtiyoji tufayli mahalliy ishlab chiqaruvchi mahsuloti shartnoma asosida xarid qilingan”, — deyiladi korxona matbuot xizmati xabarida.

Shu bilan birga, kompaniya “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 252,2 ming kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali O‘zbekistonning maishiy va yuridik iste’molchilariga elektr energiyasini yetkazib berishini ta’kidlagan.

“Ana shu elektr tarmoqlarining ayrim qismi noqulay tog‘ sharoitlari hamda oddiy yengil avtomashina yetib borishi qiyin hududlar yoxud talafot zonalarida (Sardoba suv ombori yemirilishi tufayli sodir bo‘lgan kabi) joylashgani sabab u yerda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish va zarur hollarda operativ choralar ko‘rish uchun tezkor yetib borish ehtiyoji mavjudligi sabab Boshqaruv kengashi qaroriga asosan xarid qilingan”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ijtimoiy tarmoqda keng jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan fikrlarni inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi uchun Trailblazer avtomobilini sotib olish fikridan qaytgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)
Dunyo
Xitoy sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi
Dunyo
Yevrokomissiya: Urushda 100 ming ukrainalik askar va 20 ming tinch aholi halok bo‘ldi (video)