Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Rospotrebnadzor” markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinik va tahliliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya nafas qisishini koronavirusning eng vahimali alomati deb aytdi. Bu haqda “TASS”ga tayanib “RBK” xabar berdi.

Foto: “Moskva” AA

Foto: “Moskva” AA

“Eng vahimali alomat — bu respirator simptomlar fonida nafas qisilishi paydo bo‘lishi”, — degan Pshenichnaya. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar nafas olish qiyinlashsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Shifokorning ta’kidlashicha, respirator simptomlar  va hid bilishning yo‘qolishi ko‘p hollarda koronavirusga chalinish alomati bo‘lishi mumkin, lekin boshqa kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin.

Noyabr oyi boshida virusolog Anatoliy Altshteyn koronavirusning 5 ta asosiy simptomlarini ma’lum qilgandi, bular isitma, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, hid va ta’m bilishni yo‘qotishdir. Agar ushbu belgilar kuzatilmasa, “oyoq barmoqlari rangining o‘zgarishiga e’tibor bermasa ham bo‘ladi”, deb aytgandi.

Keyinchalik “Rospotrebnadzor” Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya institutida quloq bitishi COVID-19 belgilaridan biri bo‘lishi mumkinligi bildirilgan. Biroq bunday alomat O‘RVIda ham uchrashi ta’kidlangan.

Britaniya va amerikalik shifokorlar esa COVID-19’ning dastlabki to‘rtta alomatini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi