23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasida ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun muassasa rahbari Yevgeniy Kolenko boshchiligida press-tur tashkil etildi. Press-tur akademiya faoliyatiga oid 10 daqiqalik videolavha bilan boshlandi. Shundan so‘ng Yevgeniy Kolenko o‘quv muassasasining tarixi, vujudga kelish bosqichlari, o‘quv jarayonlarining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib berdi.

2018-yilda Bosh prokuratura oliy o‘quv kurslaridan akademiya etib qayta tashkil etilgan ta’lim dargohida o‘tgan davrda 6 000 nafarga yaqin huquqni muhofaza qilish organlari va davlat xizmatchilari akademiyada tahsil olgan. 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab akademiyada magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga asos solingan. Respublikada ilk marta magistraturasi negizida prokurorlik faoliyati, tergov faoliyati va korrupsiyaga qarshi kurashish mutaxassisligi bo‘yicha tor doiradagi mutaxassislar tayyorlashga asos solindi. Magistraturadagi o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib, o‘qitishning amaliy xususiyatiga va prokuratura organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bog‘liqligiga asoslanishi aytildi.

Shuningdek, yangi malaka oshirish tartibiga ko‘ra, endi prokuratura organlarining har bir xodimi uch yilda kamida bir marta, davomiyligi bir oydan kam bo‘lmagan malaka oshirish kursida tahsil oladi.

Bundan tashqari, akademiyada prokuratura organlariga ishga qabul qilinayotgan yoshlar 6 oylik kasbga tayyorlov kurslarini o‘taydi. Shuningdek, akademiyada uch mutaxassislik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish bo‘yicha ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatadi.

Akademiyaning o‘quv jarayoniga amaliyotga asoslangan va kompetensiyaviy yondashuv joriy etilib, faoliyatning barcha sohalari raqamlashtirilishi zamonaviy axborot-ta’lim muhitida innovatsion uzviylikka o‘tish hamda elektron (masofaviy) ta’lim mexanizmlarini to‘liq joriy etish imkoniyatini bergan.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Akademiya tarixi va faoliyatiga bag‘ishlangan videolavha.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Shundan so‘ng jurnalistlar Kolenko tomonidan E-learning masofaviy ta’lim dasturining “oshxonasi”, deya tariflangan multimedia markaziga taklif qilindi.

Akademiya professor o‘qituvchilari tomonidan o‘quv dasturi uchun video va audiomateriallar tayyorlash jadvali.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Bosh prokuratura akademiyasi katta o‘qituvchisi Xolboyev Sobir Baratovich korporativ huquq tushunchasi bo‘yicha videomaterial tayyorlamoqda.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Multimedia markazida videodars yozilish jarayoni.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Akademiya tinglovchilari uchun tayyorlangan video va audiomateriallar.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Kriminalistika kabineti

Kriminalistika kabinetidagi qo‘lbola yasama portlovchi uskunalar maketlari.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Dog‘istonda yuz bergan portlash vaqtida ishlatilgan chelakli bomba maketi. Xonadagi barcha portlash uskunalari maketi real voqealar asosida tayyorlangan.

Foto: “Daryo‘/ Madina Nurman

Qo‘lbola portlash uskunasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qo‘lbola portlash uskunasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Istam Astanov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Biz portlashdan so‘ng ko‘zdan kechirish uchun tergovchilarni tayyorlaymiz. Buning uchun avval real ishlatilgan portlovchi uskunalarning sxemalarini takrorlashadi. Bundan 2 ta maqsad bor: birinchidan uning mexanizmini o‘rganish, ikkinchidan oddiy uy buyumlaridek ko‘rinadigan portlovchi moslamalarni ko‘zdan kechirish jarayonida olib qo‘yish, undan foydalanishni bilish. Biz AQShning FBR, ya’ni federal tergov byurosi bilan hamkorlikda faoliyat yuritamiz.

Istam Astanov, Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat kafedrasi dotsenti

Portlashdan keyingi ekspertiza jarayoni o‘quv mashg‘uloti uchun tashkil etilgan avtomobillar portlash jarayoni.

“Daryo” / Madina Nurman

Portlashdan keyingi ekspertiza jarayoni o‘quv mashg‘uloti uchun tashkil etilgan avtomobillar portlash jarayonini tomosha qilayotgan jurnalistlar.

“Daryo” / Madina Nurman

Jurnalistlarga tergovchilar voqea joyidagi namunalarni olib tegishli ekspertiza markaziga yuborish uchun namuna solinadigan vositalardan to‘g‘ri foydalanishi bo‘yicha maxsus interaktiv jumboq taklif etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Shahid belbog‘i” nomli qo‘lbola portlovchi moslama maketi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kitob ichiga yashirilgan portlovchi uskuna maketi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qo‘lbola portlovchi moslamalar maketi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Trasologik ekspertizalar namunasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Trasologik ekspertizalar namunasi olish jarayoni.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Huquqshunos bloger Bahodir Ahmedov barmoq izlari ekspertizasi ustida.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kriminalistika poligonidagi kvest

Akademiyadagi maxsus kvest xonasida tergovchilar portlovchi uskunalarni, yashirib qo‘yilgan buyumlarni, qotillik jarayonidagi detallarni o‘rganishadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qotillik sodir etilgan xonadagi odam murdasi topilgan holat imitatsiyasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalistlar xonadagi portlovchi buyum va qotillik izlarining detallarini qidirmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qotillik sodir etilgan xonadagi erkak maketi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

OAV vakillari tergovchi rolida qon izlarini qidirmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalistlar xonada yashirib qo‘yilgan qotillik detallarini izlamoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tergovchi rolidagi jurnalistlar buyumni topgan jarayon.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yevgeniy Kolenko OAV vakillariga kvestdagi holatlarni sharhlamoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qotillik sodir etilgan xona maketi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘quv tiri

Elektron o‘quv tirida tinglovchilar o‘zlarining tayyorgarliklarini sinab ko‘rishadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalistlar tirda terrorchilarga qarshi kurashmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalistlar tirda terrorchilarga qarshi kurashmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalistlar tirda terrorchilarga qarshi kurashmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pora bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda operativ harakatlarni o‘rgatuvchi amaliyot xonasi

Yuridik fanlari doktori Vahobjon Karimov pora bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda operativ harakatlar ketma-ketligini sharhlamoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pora bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda operativ harakatlar ketma-ketligi jarayoni. Toza konvertga pora olish jarayonida namunalarni olish uchun avvaldan toza bintlar solinadi va muhrlanadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pora bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda operativ harakatlar ketma-ketligi. Operatsiya uchun hozirlangan pullarga maxsus qalam yordamida yozilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pora bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda operativ harakatlar ketma-ketligi. Operatsiya uchun hozirlangan pullarga maxsus qalam yordamida yozilgan yozuvlar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pora bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda operativ harakatlar ketma-ketligi. Operatsiya uchun hozirlangan pullarga tegingan qo‘l.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pora bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda operativ harakatlar ketma-ketligi. Operatsiya uchun hozirlangan pullarga tegingan qo‘ldagi maxsus bo‘yoq.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pora bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda operativ harakatlar ketma-ketligi. Operatsiya uchun hozirlangan pullardagi maxsus bo‘yoq.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Dars jarayonlari

Psixologik ta’minlash bo‘limi katta prokurori, psixolog Ibrohim Mahmudov magistratura bosqichi talabalari bilan ishlamoqda.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Psixologik ta’minlash bo‘limi katta prokurori, psixolog Ibrohim Mahmudov magistratura bosqichi talabalari bilan ishlamoqda.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Psixologik ta’minlash bo‘limi katta prokurori, psixolog Ibrohim Mahmudov magistratura bosqichi talabalari bilan ishlamoqda.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Sud imitatsiyasi o‘tkazish zali.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Sud imitatsiyasi o‘tkazish zali.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi boshlig‘i Mamasiddiqov Muzaffarjon doktorantlar uchun ilmiy maqolalar yozishga talablar bo‘yicha Zoom anjumanida.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Pandemiya munosabati bilan akademiyada barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim dasturlari masofaviy ta’lim rejimiga o‘tkazilgan. Akademiya qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, normativ-huquqiy, metodik va tahliliy xususiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni almashish, pedagog, ilmiy xodimlar va tinglovchilarning stajirovkalarini tizimli ravishda tashkil etish sohalarida samarali xalqaro hamkorlikni amalga oshirib kelayotgani qayd etildi.

Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazining doktorantlar uchun ilmiy maqolalar yozishga talablar bo‘yicha Zoom anjumani.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

O‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi. Bu yerda bo‘lim darsdan avval o‘qituvchilarning metodik jarayonlarini tashkil etish, ularning dars davomida ishlatilishini kuzatish, darslarni tinglash, kuzatish bilan shug‘ullanadi. 

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

O‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi prokurori

Bahodir Nuriddinov.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi boshlig‘i G‘ayrat Musayev.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Hozirgacha 30 dan ziyod ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan, 20 nafar xorijiy mutaxassis uzoq muddatli asosda o‘quv jarayoniga jalb qilingan. Talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar asosida akademiya magistraturasi talabalari hozirda xorijiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgani bildirildi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Uyg‘un Nig’matjonov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazida loyihalar muhokamasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazida loyihalar muhokamasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi boshlig‘i Asqarov Nosirjon.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markazimizda hozirda xalqaro donor tashkilotlar ko‘magida 4 ta xalqaro loyiha amalga oshmoqda. Ulardan biri 6 oydan buyon ishlab kelinayotgan Toshkent shahri, Chilonzor tumaniga qaratilgan bo‘lib, tumandagi jinoyatchilik holatlari yaxlit tahlil qilinadi. Har bir jinoyat turi sabablari o‘rganilib, kelgusida bartaraf etishning aniq mexanizmlari ishlanadi. Bu loyiha keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida amalga oshiriladi. Hozirda loyihalarning keyingi bosqichi sotsiologlar, yuristlar, psixologlar va boshqa mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinmoqda. Yakuniy xulosalar dekabr oyida beriladi.

Nosirjon Asqarov, Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi boshlig‘i 

Akademiyaning 13 mingdan ortiq adabiyotlar fondiga ega bo‘lgan axborot-resurs markazi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, ilmiy resurslarning yirik agregatori EBSCO publishing, E-library ilmiy elektron kutubxonasi, Asian Journal of Comparativ Law, ProQuest dissertatsiya va diplom ishlari bazasiga ulangan bo‘lib, shuningdek, akademiyaga Scopus, Mendeley, ScienceDirect va Springer Nature axborot platformalari va resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Akademiya axborot-resurs markazi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Akademiya axborot-resurs markazi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Akademiya axborot-resurs markazi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman