Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2020-yilning 9 oyida xorijdan qiymati 50,6 million AQSh dollariga teng 2,4 million dona avtomobil shinasini sotib olgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2019-yilning mos davri bilan solishtirganda 320,2 ming donaga yoki 8,6 million dollarga kam.
O‘zbekistonga yengil avtomobil shinasi, asosan, Xitoydan olib kirilgan va ularning umumiy qiymati 34,4 million dollarni tashkil qilgan.
2020-yilning ortda qolgan 9 oyi davomida O‘zbekiston yengil avtomobil shinasini Xitoy (34,8 million dollar), Chexiya (8,7 million dollar), Janubiy Koreya (5,3 million dollar), Rossiya (1,0 million dollar) va Turkiya (500 ming dollar) kabi davlatlardan import qilgan.2020-yilning 9 oyida yengil avtomobil shinasi importi, asosan, Andijon viloyati (36,9 million dollar), Toshkent shahri (7,3 million dollar) hamda Samarqand viloyati (4,4 million dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)