Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 9-turida “Chelsi” 21-noyabr, shanba kuni “Nyukasl” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Goal

Mehmonlar uchrashuvning 10-daqiqasidayoq oldinga o‘tib oldi. Qanotdan uzatilgan to‘pni mezbonlar futbolchisi Federiko Fernandes o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.

65-daqiqada “Chelsi” ikkinchi golni ham urdi: Timo Verner maydon markazidan tezlik olib jarima maydoni yaqinida Temmi Abrahamni qulay imkoniyatga olib chiqdi. Angliyalik hujumchi esa o‘z vaziyatini ko‘kka sovurmadi.

Shu tariqa “ko‘klar”ning ochkosi 18 taga yetdi va jamoa 1-o‘ringa ko‘tarildi. “Nyukasl” (11) esa 13-pog‘onada qoldi.

Frenk Lempard shogirdlari APL doirasidagi keyingi o‘yinni 29-noyabr kuni “Tottenhem”ga qarshi o‘tkazadi.

APL

9-tur bahsi

21-noyabr, shanba

“Nyukasl” — “Chelsi” 0:2

Gollar: 0:1 – 10, avtogol Fernandes, 0:2 – 65 Abraham.

“Nyukasl”: Darlou, Lassels (Sher, 46), Lyuis, Fernandes, Mankilyo (Almiron, 65), Longstaff, Heyden, Sen-Maksimen (Kerroll, 74), Myorfi, Klark, Joelinton.

“Chelsi”: Mendi, Ryudiger, Zuma, Chiluell (Emerson, 82), Jeyms, Kovachich, Maunt, Kante, Ziyosh (Jiru, 87), Verner (Hadson-Odoi, 76), Abraham.

Ogohlantirishlar: Heyden (39), Myorfi (45).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!