UFC’ning yengil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik chempioni Toni Fergyuson navbatdagi jangini Charlz Oliveyraga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu jang 12-dekabr kuni Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 256 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu ma’lumotni UFC prezidenti Deyna Uayt ham tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, Toni Fergyuson (25-4, 12 KO) o‘zining UFC’dagi so‘nggi jangida Jastin Getjiga mag‘lub bo‘lgandi.
Charlz Oliveyra (29-8, 8 KO) esa o‘zining so‘nggi jangi 2020-yil 14-martida Kevin Liga qarshi o‘tkazib, raqibini muddatidan avval taslim qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)