• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shu sohaning ichidan chiqqan odamlar yig‘layverib, endi gapirmay ham qo‘ydi”. Otabek Bakirov Toshkent bosh rejasi haqida

    YouTube’dagi “Ular” loyihasining navbatdagi sonida Telegram’dagi “Kurbanoff.net” kanali muallifi Shuhrat Qurbonov hamda “Bakiroo” kanali muallifi Otabek Bakirov bilan Toshkent shahrining infratuzilmasida uchrayotgan muammolar yuzasidan suhbat uyushtirildi.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Suhbat davomida poytaxt yo‘llarining tirbandligi, shaharda joylashgan uylar uchun infratuzilmani ta’minlash bo‘yicha yetarlicha hisob-kitoblar amalga oshirilmagani yuzasidan fikrlar bildirib o‘tildi.

    “Transport birinchi darajali hayotiy ehtiyoj emas. Yangi qurilgan va qurilayotgan, amalda mavjud bo‘lgan uylarning infratuzilmasi xavf solyapti. Suv bilan bog‘liq, gaz, elektr bilan bog‘liq... Uyning nomini aytmayman, zamonamizning eng oldi uch qavatli ko‘prikka yetmasdan o‘ng tomondagi uylarning yuqori qavatlariga suv chiqmayapti. Uchinchi qavatdan yuqorisiga suv chiqmayapti. Shu atrofdagi qurilishgacha mavjud bo‘lgan uylarda esa suv bosimi pasayib ketgan. Ya’ni biz shu kabi qurilishlarni amalga oshirishdan avval infratuzilma dosh beradimi yoki yo‘q — shuniyam hisobga olishimiz kerak. Dosh berilishiga oid sinovlardan, u ma’qullanganidan keyingina qurilish amalga oshirilishi lozim. Biz nafaqat yangi qurilayotgan uylar uchun muammo yasayapmiz, mavjud eski uylarga ham infratuzilma bilan bog‘liq — elektr energiya, suv ta’minoti, kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarni ham yaratyapmiz. Transport esa ikkinchi to‘lqindagi muammolar”, — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.

    Shuhrat Qurbonov esa muammolarning aksariyati poytaxt bosh rejasining yo‘qligi sabab yuzaga kelayotganini ta’kidlagan:

    Hamma joyda bosh reja degan narsa chiqadi. Bosh reja deganda ko‘pchilikning xayoliga xarita keladi — uylarning qayerga joylashishi kabi, aslida bosh reja deganda infratuzilma ham shuning ichida bo‘ladi. Masalan, uyingizga reja qilsangiz, mebelning qayerda turishi, kabel va gaz quvurlarining qayerdan o‘tishi… Reja deganda u bir bosqich bo‘lmaydi, uning qatlamlari bo‘ladi. Yangi uylarning qayerga tushishi bu eng tepa qatlam, lekin uning ostida kanalizatsiya, suv, elektr energiya, internet bor. Bir narsani e’tiborga olish kerak, masalan, 1990-yillarda qurilgan uylarni va unga o‘rnatilgan o‘sha vaqtdagi transformatorni olaylik. 90-yilda konditsionerlar, isitgichlar, kompyuter, televizor bunaqa bo‘lmagan. Hozir bitta xonadonda ikki—uchta televizor bor, iloji bo‘lsa har bir xonaga konditsioner qo‘yilgan. Bu esa oxir-oqibat transformatorga borib taqaladi. Transformator rejalanganda esa u yo‘q edi. Bu ham yetmagandek oldin hovli-joy turgan hudud buzilib, uning o‘rniga ko‘p qavatli uylar qurilyapti. Toshkentda hozir juda ommalashdi, ikkita rejani sotib oladi-da shaxsiy uy deb uch qavatli quradi, alohida kadastr qilib, ko‘p qavatli turar joy sifatida sotadi. Oldin bu xonadonda 1-2 oila yashagan bo‘lsa, endi u yerda oltita oila yashayapti…

    Yunusobodda transformator portlashi, yonib ketishi haqida ko‘p eshitamiz. Buning sababi nima? Chunki o‘sha eski simlar eski transformatorga boradi. Oldin odam soatiga 1 kVt iste’mol qilgan bo‘lsa, hozir bu 100, 1000 kVt dan oshib ketdi.

    Google Planet degan dastur bor, yillari bilan ko‘rsatib beradi. O‘shanda Toshkent qanaqa o‘zgarganini qarab ko‘rdim. Haqiqatan tepadan qarasangiz, Tashkent City’ning joyi juda ham chiroyli. Endi uning biznes-sitiga aloqasining yo‘qligi bu butunlay boshqa masala. Bu chiroyli bog‘ bo‘lgan, atroflariga esa uy qurishgan. Lekin Navoiy ko‘chasi bo‘ylab ko‘p qavatli uylar qurib tashlangan, boshqa tarafdan esa yangi binolar qurilgan. Endi savol: Elektr energiyasi nima bo‘lyapti? Bu yerga alohida tortildimi? Qayerga ulanadi? Trubalar alohida tortib kelindimi? Bosh reja yo‘q, hech kim ko‘rsatmagan ham, qo‘ymagan ham. Ertaga Bangladeshni Dakka poytaxtiga o‘xshab qolmaymizmi?! U yerda odam ko‘pligidan shahar ichidagi ko‘l sassiq ko‘lga aylanib qolgan. Borganlar aytadi, shaharda yashab ham, dam olib ham bo‘lmaydi. Chunki odam ko‘p, rivojlantirilmasa shunaqa ahvolga kelib qoladi. Balki, bu narsa qilinayotgandir…

    Otabek Bakirov shaharning bosh rejasi bu mamlakat uchun Konstitutsiya kabi ekanligini alohida qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning taraqqiyoti Konstitutsiyadan, unga amalga qilishdan boshlansa, shaharning taraqqiyoti, rivojlanishi, kengayishi, aholining turmush darajasining oshishi bosh rejaga bog‘liq.

    “Shu sohaning ichidan chiqqan odamlar yig‘layverib, endi gapirmay ham qo‘ydi. Sohaning haqiqiy odamlari ham ‘bosh reja, bosh reja’ deyaverib, bu haqida gapirmay qo‘ydi. Chunki bu masala to‘g‘risida gapirish o‘z sohasining mutaxassislari uchun ham havoga sarflangan energiya singari bo‘lib qoldi. 2016, 2017, 2018-19-yillarda gapirildi, 2020-yil tugayapti. Har yili bosh reja haqida gap ketganida ‘tayyor bo‘lyapti, 6 oy ichida muhokamaga qo‘yamiz’ deyilyapti. Toshkent shahrida kengayish uchun yangi qurilishlar qurishga, sotishga umuman joy qolmagunicha, bosh reja tasdiqlanmaydi. Buni hamma tushunib bo‘ldi”, — deydi Bakirov.

    Avvalroq Otabek Bakirov va Shuhrat Qurbonov Davlat xaridlari portalida amalga oshirilayotgan xaridlar haqida gapirib, hokimlar Trailblazer sotib olib, balki UzAuto’ni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.

    Mavzuga doir: “Andijonning 3 million xalqi sizni boqyapti, siz ularni emas”. Bloger tadbirkorlarni haqorat qilgan Andijon viloyati hokimiga murojaat qildi

    21.11.2020, 13:16   Izoh (0)   28204
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chilonzor tumanining bir qismi tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik sabab issiqlik ta’minotisiz qoldi

    21.11.2020, 12:39

    Foto: San’at muzeyi yangi binosining loyihasi

    21.11.2020, 11:38

    Prezident tanqididan so‘ng Qashqadaryoda suvga mas’ul 3 nafar rahbar ishdan olindi

    21.11.2020, 11:17

    Narpay tumaniga yangi hokim tayinlandi

    21.11.2020, 10:40

    Vazir Qashqadaryoda suv sarfi ko‘pligini Prezident tanqididan oldin bilganini, ammo tayinli ish qilinmaganini tan oldi

    21.11.2020, 10:24

    Svetlana Ortiqova: 2020-yilda 31 nafar shaxs madaniy meros obyektlari muhofazasiga daxl qilgani uchun javobgarlikka tortilgan

    21.11.2020, 10:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yovuz qahramonlarni mahorat bilan gavdalantiradigan Gollivud aktyorlari (foto)

    Kino | 15 avgust, 16:45

    Ukraina qurol-yarog‘ ortilgan Rossiya kemasiga hujum qildi

    Dunyo | 15 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06

    Taksi haydovchisi yo‘lovchiga, mast erkak esa tanishiga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.