Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-martdan boshlab Toshkentning 52-avtobus yo‘nalishi (Beshyog‘och—Yunusobod) bo‘ylab Xitoyning Yutong elektrobusi sinov tariqasida qatnay boshladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ZK6128BEVG modelidagi mazkur elektrobus 215 k/vatt bilan harakatlanadi. Bir marta olingan quvvat bilan 300 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi. Elektrobus saloni 5 ta kuzatuv kamerasi hamda monitor bilan jihozlangan. Bundan tashqari, dvigatel qismiga yong‘inga qarshi avtomat tarzda ishlovchi uskuna o‘rnatilgan. Shuningdek, konditsioner, isitish tizimi bilan ta’minlangan. 12 metr uzunlikdagi mazkur elektrobus o‘rtacha 70 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Mazkur elektrobus O‘zbekiston iqlim sharoitida avtobus yo‘nalishlarida bir necha oy davomida sinovdan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabridan boshlab Belarusning Vitovt Electro E420 elektrobusi Toshkent ko‘chalari bo‘ylab qatnay boshlagandi. Mazkur transport vositasi 450 ming dollarga xarid qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?