Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Global Hunger Index 2020-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksini e’lon qildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston unda 30-o‘rinda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ushbu reytingda 107 mamlakat ishtirok etgan. Unda O‘zbekiston eng yaxshi deb topilgan 47 mamlakat qatorida 6,7 ball bilan 30-o‘rinda qayd etilgan. 2019-yilda ushbu reytingda O‘zbekiston 10,7 ball bilan 48-o‘rinda ko‘rsatib o‘tilgan.

2020-yilda MDH davlatlaridan Qozog‘iston 5,4 ball bilan 21-o‘rinda (2019-yil 5,5 ball, 20-o‘rinda), Armaniston 6,9 ball bilan 31-o‘rinda (2019-yil 7,8 ball, 30-o‘rinda), Qirg‘iziston 8,4 ball bilan 42-o‘rinda (2019-yil 8,8 ball, 35-o‘rinda), Turkmaniston 11,1 ball bilan 52-o‘rinda (2019-yil 11,8 ball, 54-o‘rinda) qayd etilgan.

Indeks har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichni jamlash orqali aniqlanadi:

  • to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;
  • besh yoshgacha bo‘lgan vazni me’yordan past bolalar ulushi;
  • besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me’yordan past bolalar ulushi;
  • besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.
Ochlik darajasi 100 balli shkalada o‘lchanadi. Bunda 0 — eng yaxshi natija (ochlikning yo‘qligi), 100 esa — eng yomon.

Qayd etish joizki, 2020-yilda O‘zbekistondagi ochlik darajasi 2000-yilga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. Taqqoslash uchun O‘zbekistonning so‘nggi 20 yillikdagi 20 ochlik darajasi ko‘rsatkichlari keltirildi.

  • 2000-yil — 24,4;
  • 2006-yil — 16,9;
  • 2012-yil — 12,7;
  • 2020-yil — 6,7.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda