• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Pandemiya oqibatida yuzaga kelgan inqiroz O‘zbekistonda 20 yildan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta kambag‘allik darajasini oshirdi — Jahon banki

    Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global iqtisodiy tanazzulga qaramasdan, O‘zbekiston 2020-yilda iqtisodiy o‘sishni namoyish etadigan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ikkita davlatdan biri bo‘lishi prognoz qilinmoqda. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu haqda Jahon banki mintaqaviy iqtisodiy tahlilining 7-oktabr kuni e’lon qilingan nashrida aytilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jahon bankining ta’kidlashicha, koronavirus (COVID-19) pandemiyasi Sovet Ittifoqi parchalanishidan so‘ng tiklangan O‘zbekiston iqtisodiyoti duch kelgan eng og‘ir inqiroz bo‘ldi. Bu holat mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi va fuqarolarning bandligi, farovonligi va daromadlarining pasayishiga olib keldi.

    2020-yilning birinchi yarmida YaIM o‘sishi deyarli nolga teng bo‘ldi, 2019-yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatkich 5,8 foizni tashkil etgan edi. Shu davrda asosiy kapitalga investitsiyalar 12,8 foizga kamaydi. Ishsizlik darajasi 2020-yilning birinchi choragidagi 9,4 foizdan ikkinchi chorakda 15 foizgacha keskin ko‘tarildi.

    “Bozor islohotlari iqtisodiyotda resurslardan yanada samarali foydalanish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun rag‘batlantirishni kuchaytirgani sababli O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozlar ijobiy bo‘lib qolmoqda. 2020-yil uchinchi choragida karantinning bekor qilinishi, qishloq xo‘jaligida barqaror ishlab chiqarish va pul o‘tkazmalarining qisman tiklanishi 2020-yilning ikkinchi yarmida birinchi yarim yilga nisbatan kuchliroq iqtisodiy faollikka olib keladi”, — deyiladi bayonotda.

    YaIMning yillik o‘sishi bu yil 0,4 foizdan 0,8 foizgacha, bo‘lishi kutilmoqda. Bu 2019-yilgi ko‘rsatkich — 5,6 foizga nisbatan sezilarli darajada past. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Tojikiston 2020-yilda YaIMning ijobiy o‘sishini kutayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 23 davlat orasida yagona davlatlarga aylanadi. Mamlakat bo‘ylab karantin qayta kiritilmasa, 2021-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 4,8 foizdan 5,0 foizgacha bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

    Jahon bankining tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarishning ko‘payishi va qishloq xo‘jaligidagi o‘sish sanoat va xizmatlar sohasidagi keskin pasayishni bartaraf etishga yordam berdi. Birinchi yarim yillikda pul o‘tkazmalari 19 foizga kamayganiga qaramay, ijtimoiy transferlarning 17 foizga ko‘payishi va 2020-yil fevralidan eng kam ish haqining 10 foizga o‘sishi xususiy iste’molni saqlab qolishga yordam berdi.

    Pul o‘tkazmalarining qisqarishi va tashqi savdo defitsitining kengayishi to‘lov balansi joriy hisobining defitsitini 2020-yilning birinchi yarmida YaIMning 7,7 foiziga yetkazdi. Jahon ta’minot zanjiridagi uzilishlar va yirik mahsulotlar narxlarining pasayishi tufayli shu davrda eksport 22,6 foizga kamaydi (tabiiy gaz, metallar). Chet davlatlarda olib kelinadigan mashina, uskunalar va yarim tayyor mahsulotlar hajmining keskin pasayishi tufayli import 15 foizga kamaydi.

    Davlat budjetiga tushumlarning kam yig‘ilishi va inqirozga qarshi katta xarajatlar 2020-yil birinchi yarmida budjet kamomadi YaIMning 5 foizgacha o‘sishiga olib keldi. Yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizi sog‘liqni saqlash sohasiga qo‘shimcha xarajatlar, kam ta’minlanganlar uchun pul o‘tkazmalarining ko‘paytirilishi, jamoat ishlarining kengayishi va korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirildi. Oltin eksportining ko‘payishi natijasida tushumning kuchli o‘sishiga qaramay, zaif iqtisodiy sharoitlar va soliqlarni kechiktirish natijasida YaIM ulushi sifatida hisoblanadigan davlat daromadlarining yiliga ikki foizga pasayishi kuzatildi.

    “Pandemiya natijasida yuzaga kelgan inqiroz O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishini 2020-yilda deyarli to‘xtatib qo‘ydi va yigirma yildan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta qashshoqlik darajasini oshirdi. Pandemiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va aholi sog‘lig‘iga ta’sirini yumshatish uchun hukumat bir qator inqirozga qarshi choralar ko‘rdi. Mavjud sinovlar va qiyinchiliklarga qaramay, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirish maqsadida mamlakat rahbariyati iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida islohotlarni davom ettirishni qat’iy niyat qilganligini tasdiqladi. Pandemiya tugagandan so‘ng, iqtisodiy tiklanishni ta’minlash va uni yana-da barqaror va inklyuziv qilish juda muhimdir”, — degan Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

    O‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiya sekinlashadi, ammo narxlarni yanada isloh qilish natijasida yuqori darajada saqlanib qoladi. Pul o‘tkazmalarining tiklanishi va savdo defitsitining pasayishi tufayli to‘lov balansining joriy hisobot defitsiti 2020-yilda YaIMning 6 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. O‘rta muddatli istiqbolda u taxminan bir xil bo‘lib qoladi, chunki pandemiya tugagandan so‘ng mashinalar, uskunalar va yarim tayyor mahsulotlar importining o‘sishi tiklanadi. Ushbu defitsitni davlat qarzlarini ko‘paytirish va chet el investitsiyalarining bosqichma-bosqich ko‘payishi hisobiga moliyalashtirish kutilmoqda.

    2020-yilda YaIMning 7,5 foiz miqdorida prognoz qilinadigan davlat budjeti taqchilligi inqirozga qarshi xarajatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish va davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirish oqibatida 2021−2022 yillarda kamayadi. O‘rta muddatli istiqbolda davlat budjeti taqchilligining kamayishi prognoz qilinmoqda.

    2020-yilda va keyingi o‘rta muddatli istiqbolda defitsit asosan tashqi qarzlarni ko‘paytirish hisobiga moliyalashtiriladi. 2020-yilda tashqi davlat qarzi YaIMning 34,7 foizigacha ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Garchi u 2017-yildan beri YaIMga nisbatan foizda ko‘paygan bo‘lsada, o‘rta muddatli istiqbolda barqarorlashishi kutilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston hukumati inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni ikki bosqichda tiklash dasturini tasdiqladi
    • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonning YaIM bo‘yicha 2021-yil prognozini pasaytirdi
    • Osiyo taraqqiyot banki 2020-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 0,5 foizgacha pasayishini prognoz qildi

    08.10.2020, 11:30   Izoh (0)   16145
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Akademik Tursunboy Rashidov 86 yoshida vafot etdi

    08.10.2020, 10:56

    “Guljahon Yo‘ldosheva ishiga fuqaroning o‘limi sabab bo‘lgan bo‘lsa, boshqa hududlardan tushayotgan bu boradagi murojaatlarni ham o‘rganish kerak” – Akmal Burhonov...

    08.10.2020, 10:24

    “Biz hokimlarni saylash tizimiga o‘tishimiz kerak” — Sherzod Kudbiyev

    08.10.2020, 09:47

    O‘zbekistonda “domkom” va ko‘chaboshilarga kommunal xizmatlar bo‘yicha kompensatsiya pullarini to‘lab berish rejalashtirilmoqda

    08.10.2020, 09:31

    Uzbekistan Airways qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar o‘rnatdi

    08.10.2020, 09:16

    Qamashiliklar Sherali Sanayevni Mirishkor tumaniga zarbop to‘n bilan kuzatdi

    08.10.2020, 08:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiyalik mexanik dunyodagi eng tor avtomobilni ishlab chiqdi (foto)

    Avto | 3 iyul, 16:25

    O‘zbekistonda dollar yana pastladi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:14

    Tohir Sodiqovdan Jonygacha: Xorazmdagi qovun sayliga qaysi yulduzlar tashrif buyuradi?

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:07

    Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 16:06

    Ronaldu Diogu Jota va uning ukasining fojiali o‘limiga munosabat bildirdi

    Sport | 3 iyul, 16:01

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Isroil hujumida G‘azo kasalxonasi direktori va oilasi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyul, 15:50

    G‘azoda 73 nafar falastinlik “sababsiz otib tashlandi”

    Dunyo | 3 iyul, 15:37

    Gollivudning mashhur bo‘ydog‘i — Leonardo Di Kaprioning yuragini zabt etgan Vittoriya Cheretti kim o‘zi?

    Layfstayl | 3 iyul, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.