Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AOKA huzurida bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sarvarbek Sa’dullayev hozir O‘zbekistonda nechta xususiy maktab faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumot berdi.

“Bugungi kunga kelib, respublika bo‘yicha umumiy 140 ta to‘liq xususiy nodavlat umumta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, 18 ta nodavlat umumta’lim muassasasi tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan. Toshkent shahrida 52 ta nodavlat umumta’lim muassasasi mavjud. Nodavlat umumta’lim muassasalar soni so‘nggi yillarda nodavlat ta’lim sektoriga bo‘layotgan e’tibor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hisobiga 6 baravarga oshgan”, – dedi vazirlik vakili AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

U xususiy maktabni bitirayotganda qanday ko‘rinishdagi shahodatnoma olinishi haqidagi savolga javob qaytargan.

“Avvallari nodavlat umumta’lim muassasalari bitiruvchilari mazkur maktabning shahodatnomasini olish imkoniyatlari yo‘q edi. Ular davlat umumta’lim maktablarida eksternat tariqasida yakuniy imtihon topshirib, davlat umumta’lim maktabi shahodatnomasini olar edilar.

Bugungi kunda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, nodavlat umumta’lim muassasalari ham xuddi davlat umumta’lim maktablari singari bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma berishlariga sharoit yaratildi”, – dedi Sarvarbek Sa’dullayev.

Avvalroq O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari qanday maktablar ishonchli boshqaruvga berilishini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi