16-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Ispaniyaning Santa-Krus-de-Tenerifi hududida tibbiyot xodimi bemorni davolash jarayoniga tayyorlanmoqda.

Foto: EPA

Keniyaning Nayrobi shahrida 17 yoshli Jeklin Bosibori farzandini uxlatmoqda. Onasi sabzavot sotish bilan band bo‘lgan bir vaqtda u 6 nafar uka-singillariga ham qarab o‘tiradi.

Foto: Reuters

Rossiyaning Moskva shahrida Krilat muz saroyi koronavirus bemorlarini davolash maskaniga aylantirildi.

Foto: Reuters

Venesuelaning Karakas hududida Anxel Salamanka xo‘rozini jangga hozirlamoqda.

Foto: AP Photo

Angliyaning Enfild hududidagi uylarning birida “Liverpul” futbol klubi va Angliya terma jamoasining o‘yinchisi Rey Klemenesning murali tushirilgan. 72 yoshli sobiq darvozabon yakshanba kuni vafot etdi.

Foto: PA

Avstraliyaning Sidney shahrida Bondi plyajida odamlar cho‘milmoqda. Sidney va Yangi janubiy Uelsning ayrim tumanlarida 40 darajadan yuqori jazirama kuzatilmoqda.

Foto: AP Photo

Moldovaning Grusova hududida qishloq saylov komissiyasi a’zosi himoya kiyimlarida ovoz berish uchun keksa onaxonning uyiga sayyor qutini olib bormoqda.

Foto: EPA

Yaponiyaning Kioto shahrida oltin kuz.

Foto: Rex

Xitoyning Chjanszyatse hududida tanlov ishtirokchilari sleklayn bo‘yicha musobaqalarda qatnashmoqda.

Foto: AFP

Quddusda Isroil diniy yetakchilari Sigd bayramida duo o‘qimoqda.

Foto: AFP

Sidney aeroportida Qantas aviakompaniyasining 100 yilligi nishonlandi.

Foto: Reuters

Afg‘oniston poytaxti Kobulda qor yog‘di.

Foto: Reuters

Moldaviya markaziy saylov komissiyasi dalolatnomalarning barchasini hisoblab chiqqanidan so‘ng Mayya Sanduning g‘alabasini e’lon qildi. U saylovchilarning 57,75% ovoziga ega bo‘ldi.

Foto: Reuters

Meksikadagi dahshatli suv toshqini bir qancha shtatlarga keldi va 30 nafar odamni hayotdan olib ketdi.

Foto: Reuters

Rossiyalik tinchlikparvarlar ushbu tunda Ozarbayjonga o‘tgan armanlarning Dadivank monastirini qo‘riqlashga kirishdi.

Foto: Reuters

Filippinning Metro Manila hududidagi “Vamko” tayfuni oqibatida vayronaga aylangan hudud ichida yurgan yostiq va matras sotuvchisi.

Foto: Reuters

Isroildagi O‘lik dengiz hududidagi tuz qatlamida o‘tirgan Santa-Klaus libosidagi Issa Kassissye.

Foto: Reuters

Tibbiyot xodimi Kubaning Gavana shahridagi Xose Marti aeroportida Meksikadan kelgan sayyohdan koronavirusga test olmoqda.

Foto: Reuters