6-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida himoya kiyimlarida koronavirus bemorini ko‘mayotgan go‘rkovlar.

Foto: Reuters

Xitoyning Sutsyan hududida o‘rdaklarni boqayotgan fermer.

Foto: Getty Images

Nigeriyaning Lagos hududida neft tankeri noma’lum sabablar bilan yonib ketdi.

Foto: AFP

AQShning Miluoki shtatida COVID-19’ga test topshirish uchun navbatda turgan mashinalar.

Foto: Reuters

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishdan lavha.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nikaraguaning Bilvi hududida El-Myuel tumanida “Eta” bo‘roni bo‘lgan hududda uychani ta’mirlayotgan erkaklar.

Foto: AFP

G‘azo sektorida quyosh fonida parkur bilan band yoshlar.

Foto: AFP

Turkiyaning Izmir shahrida zilziladan keyin Bornova stadionida tashkil etilgan maxsus lagerda yurgan ona-bola.

Foto: Getty Images

Gondurasning El-Progreso hududida bananlarga suv tegishidan himoya qilib, Ulua daryosini kechib o‘tayotgan odam.

Foto: AFP

Buyuk Britaniyaning London shahrida iti uchun barglarni to‘zg‘itayotgan ayol.

Foto: Getty Images

Daniyaning Kopengagen shahrida Xellouin bayramidan qolgan qovoqlar Tivoli ko‘ngilochar bog‘idagi filga nasib qildi.

Foto: Reuters

Britaniyaning Uiltshir grafligi uzra quyosh botishi.

Foto: Reuters

Italiyaning Milan shahri ko‘chalari qaytadan o‘rnatilgan karantin cheklovlari sababli yana bo‘shab qoldi.

Foto: Reuters

Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qurolli nizo davom etmoqda.

Foto: Reuters

“Eta” bo‘roni Markaziy Amerikaga bir qancha qurbonlar va vayronagarchiliklarni olib keldi. U hududga soatiga 250 kilometr tezlikda kirib kelgan.

Foto: Reuters

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi Oy uyda saylovlar natijasi bo‘yicha brifingdan chiqib kelmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning London shahrida karantin cheklovlariga qarshi marshda yuzini niqoblar bilan to‘sib, bezab olgan ayol.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning London shahrida quyosh botish onlari aks etgan surat.

Foto: Reuters

Vashingtonda Oq uy darvozalariga 2020-yilgi saylovlardan keyin “mag‘lub” degan yozuvlar aks etgan qog‘ozlar yopishtirib ketildi.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkning Times Square maydonida saylov natijasini kutayotgan odamlardan biri itini bezantirib qo‘yganini ko‘rish mumkin edi.

Foto: Reuters

Bangladeshning Dakka shahrida yonib ketayotgan binoni o‘chirishga harakat qilayotgan o‘t o‘chiruvchilar.

Foto: Reuters