“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
23:46, 13.11.2020 40155

Itga qo‘yilgan oltin haykal, poygachi kaptarlar, 6 mingta g‘ozni boqayotgan fermer. 13-noyabr suratlari

13-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Xitoyning Sixun shahridagi Szyansu provinsiyasida 6000 dan ortiq g‘ozni boqayotgan fermer.

Foto: Getty Images

Xitoyning Xandan shahridagi muzeyda oynali labirint, olmos tunnel va Meduza lampa kabi interaktiv-immersiv namoyishlar o‘rnatilib, tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinmoqda.

Foto: Rex

Italiyaning Turin shahrida hukumat pandemiya tufayli maktablarni yopib qo‘ygani uchun ko‘chada dars qilayotgan o‘quvchilar.

Foto: EPA

Belgiyaning Knesselar shahrida poyga qushlari ko‘rgazmasida taqdim etilayotgan kaptarlar.

Foto: Reuters

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida tibbiyot xodimlari va koronavirusdan vafot etgan bemorning yaqinlari jasadni yondirish uchun gulxanga olib bormoqda.

Foto: Reuters

Iordan daryosining g‘arbiy sohillaridagi Kafr-Kaddum hududida falastinlik namoyishchilar isroillik harbiylarning yonida yugurib yahudiylarning ko‘chib kelishiga qarshi chiqmoqda.

Foto: Reuters

Ozarbayjonning Lochin hududida Tog‘li Qorabog‘ga ketayotgan Rossiya tinchlikparvar kuchlari.

Foto: Reuters

Filippinning Rodriges shahridagi Risal provinsiyasida “Vamko” tayfuni keltirgan talafotlar tufayli vayronaga uchragan uylararo yurgan ona-bola.

Foto: Reuters

Hindistonning Drang hududida tashrif buyuruvchilar sharsharani tomosha qilmoqda.

Foto: Rex

AQShning Nyu-Jersi shtatida politsiya xodimi koronavirusga test topshirmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya qirollik baleti san’at ixlosmandlari uchun onlayn konsert dasturini qo‘ydi.

Foto: Reuters

Fransuz tibbiyot xodimlari koronavirusga chalingan bemorning palatasida.

Foto: Reuters

Braziliyalik ixtirochilar o‘zlari yaratgan uchar supurgini ko‘chalarda namoyish qilmoqda. Garri Potter kitoblarida uchraydigan ushbu buyumni ular “Bulut” deya nomlashgan.

Foto: Reuters

Ukrainaning Kiyev shahrida restoran sanoati xodimlari hukumatdan karantin choralarini yumshatishni talab qilmoqda.

Foto: Reuters

Ashxobodda alabay itga oltin haykal o‘rnatildi.

Foto: Reuters

AQShning Vashington shahridagi Oq uyda yomg‘irdan keyingi kun botishi.

Foto: Reuters

Avstriyaning Vena shahrida himoya niqobidagi ayol ikkinchi marta joriy etilgan karantin vaqtida yerosti yo‘lidan yurib ketmoqda.

Foto: Reuters

AQShning Texas shtatidagi Birlashgan memorial tibbiyot markazida 43 yoshli hamshira Tanna Ingrem koronavirusdan davolanayotgan homilador ayol bilan suhbatlashmoqda.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Brayton hududida kun botishi.

Foto: Reuters

Etnik arman askarlari Lochin hududida Tog‘li Qorabog‘ hududiga ketayotgan Rossiya tinchlikparvar kuchlariga qarab turibdi.

Foto: Reuters

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ

Boshqa yangiliklar