• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezidentimiz jamoamizning har bir a’zosiga 5 ming dollardan mukofot puli berilishini aytdi” – qarshilik yosh tadbirkor bilan suhbat

    O‘zbekiston Prezidenti 12-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida Qarshi shahrida barpo etilgan IT-texnoparkda ham bo‘lib, yosh veb-dizaynerlar va dasturchilar bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev eng yaxshi davlat mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan mGovAward tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qashqadaryolik yoshlardan tuzilgan jamoa vakillarini muvaffaqiyat bilan tabrikladi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov mazkur jamoa sardori, Qarshi shahridagi Global education o‘quv markazi rahbari Sardor Sodiqovni suhbatga chorladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ayni paytda Toshkent xalqaro Vestminster universitetida tahsil olayotgan Sardor Sodiqov uch yildan buyon Global education o‘quv markazini boshqarib keladi. Mazkur ta’lim muassasasi viloyatdagi eng katta bilim maskanlaridan biri hisoblanadi.

    “Jamoamiz a’zolarining barchasini yoshlar tashkil etadi: hammasi turli oliy o‘quv yurtida o‘qiydi. Markazimiz rus, ingliz, koreys tillarida yigit-qizlarga dars beradi. Ko‘pchilikka ma’lum, pandemiya davrida mamlakatimizdagi o‘quv markazlar faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ammo bizning jamoa shijoatni tushirmay, anchadan beri o‘ylab yurgan rejalarimizdan birini amalga oshirishga erishdik. Ya’ni markazimiz qoshida video studiya ochib, ingliz tilidagi darslarni tasvirga tushirdik va ularni mobil ilova sifatida o‘quvchilarga yetkazishga kirishdik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ilovamiz Play Market dasturida mavjud bo‘lib, til o‘rganish istagidagi hamma yoshdagilar uchun qulay va soddaligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunga qadar mobil ilova foydalanuvchilari soni 5 ming nafarga yaqinni tashkil etadi. Ilovaga 40 dan ortiq darslarni kiritganmiz. Boshlang‘ich darslar bepul, so‘ngra har biri uchun to‘lov amalga oshiriladi. Barcha darslarni 60 ming so‘mga yuklab olish mumkin.

    Ingliz tilini o‘rganishga qiziqishi borlarning hammasi ham har xil sabablar tufayli kunduzi repetitorga qatnashga vaqt topolmaydi. Ammo ushbu ilova orqali videolarni masofaviy tomosha qilib, turli shakldagi testlarni yechib, bilimni oshirish imkoniyati mavjud. Ham vaqt, ham mablag‘ tejaladi. Foydalanuvchilar soni kun sayin ortib borayotgani bizni cheksiz quvontirmoqda”, dedi Sardor Sodiqov.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yosh liderning ta’kidlashicha, Global education o‘quv markazi vakillari ushbu ilova bilan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan mGovAward tanlovida qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ular yaratgan chet tillarini masofaviy o‘qitish mobil ilovasini takomillashtirish uchun 500 million so‘m mukofot puli ajratildi.

    “Mobil ilova ustida ishlayotgan paytimiz O‘zbekiston va BAA hukumati birgalikda o‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasida tanlov o‘tkazayotganini eshitib qoldik va hujjat topshirdik. 260 dan ortiq loyiha ishtirok etgan mazkur onlayn tanlovda jamoamiz ham qatnashdi va eng yaxshi mobil ilova sifatida birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Mukofot pulini ilovani yanada rivojlantirishga sarflaymiz”, — dedi tadbirkor.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Prezident Shavkat Mirziyoyev IT-texnopark faoliyatini ko‘zdan kechirish jarayonida Sardor Sodiqov jamoasining loyihasi bilan ham tanishgan. Shuningdek, loyihani yanada rivojlantirish, yangi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish rejalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar bergan.

    “Davlatimiz rahbariga dasturiy ilova haqida ma’lumot berdik va bu Prezidentimizga ma’qul keldi hamda tashabbuslarimiz va yangi g‘oyalarimizni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Jamoamizning har bir a’zosiga, ya’ni 5 kishiga 5 ming dollardan mukofoti puli berilishini ta’kidladi. Bizga nisbatan bunday e’tibor yangi g‘oyalar va loyihalar ustida ishlashimizga kuch-quvvat berishi shubhasiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezidentimiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-parklar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi. Bundan tashqari, jamoamiz vakillariga o‘zbek tilini chet elliklar o‘rtasida targ‘ib qilish va o‘rgatishga mo‘ljallangan mobil ilova yaratish taklifini ham bildirdi. Buning uchun nima zarur bo‘lsa, ko‘maklashamiz, dedi. Bu taklifdan ruhlandik va uni albatta, amalga oshirishni rejalashtirdik. Shu bilan birga kurslarni yanada ko‘paytirmoqchimiz. Xususan, rusiyzabonlar uchun rus tilidagi inglizcha darslarini ham yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz”, — dedi Sardor Sodiqov.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan O‘zDJTSUda kontrakt asosida o‘qiydigan sambochi qiz grantga o‘tkaziladigan bo‘ldi
    • Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasiga tashrif buyurdi
    • “Ta’limdagi ishlar ham, tibbiyotdagi ham igna bilan quduq qazishdek gap” — Shavkat Mirziyoyev

    13.11.2020, 15:09   Izoh (0)   20597
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar IIBB TikTok’da akkaunt ochdi

    13.11.2020, 14:45

    “Qashqadaryo eli shunga munosibmi?” Shavkat Mirziyoyev viloyat o‘z salohiyatiga mos yashamayotganini keskin tanqid qildi

    13.11.2020, 14:10

    O‘zbekistonda 56,7 dan ko‘p va 100 balldan kam to‘plaganlarga ham o‘qishini tibbiyot yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berildi

    13.11.2020, 13:23

    O‘zbekistonda tuman hokimlariga narxi 267,5 mln so‘mdan yuqori xizmat avtomobili sotib olish taqiqlanishi mumkin

    13.11.2020, 13:11

    Oqdaryodagi buyum bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

    13.11.2020, 12:48

    Namanganda 16 yoshli bola sevgan qiziga SMS yuborgani uchun o‘zidan bir yosh katta bolani pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

    13.11.2020, 12:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.