Yangiliklarni xush ko‘rasizmi yoki hamisha tajribaga suyanib ish tutasizmi? Agar birinchi savolga “ha” deb javob bersangiz, tovuq go‘shti va quritilgan mevalar uyg‘unligida tayyorlanadigan taom retsepti aynan siz uchun!
Kerakli mahsulotlar:
- Tovuq go‘shti – 1 kilogramm;
- Danaksiz o‘rik turshagi – 100 gramm;
- Olxo‘ri – 100 gramm;
- Bodom – 30 gramm;
- O‘simlik yog‘i – 30 ml;
- Tuz va ziravorlar.
- Tovuq qismlarga bo‘linadi yoki tayyor holda o‘simlik yog‘ida qizarguncha qovuriladi.
- Tovuqning ustidan o‘rik turshagi, olxo‘ri, bodom, tuz va ziravorlar qo‘shiladi. So‘ngra yuzasigacha suv quyib dimlanadi. Agar go‘sht yanada mazali bo‘lishni xohlasangiz olxo‘ridan ko‘proq solish mumkin.
- Taom bir yarim soat mobaynida pishiriladi. Shundagina tovuq go‘shti yumshaydi. Taom issiqligicha dasturxonga tortiladi.