Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tinchlikparvar kuchlarining avtokolonnalari Armanistonning Goris shahriga kirib bordi. Harbiy texnikalarning harakatlanayotgani tasvirlangan video RT telekanali tomonidan e’lon qilingan. Ta’kidlanishicha, tinchlikparvarlar Tog‘li Qorabog‘ tomon harakatlanmoqda.

https://twitter.com/ABNYCbk/status/1325955506603692034

Avvalroq bortida rossiyalik tinchlikparvarlar bo‘lgan oltita “Il-76” samolyotlari havoga ko‘tarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya yetakchilari 9-noyabr kuni kechqurun Qorabog‘da janglarni to‘xtatish haqida uch tomonlama shartnoma imzoladi. Sulh shartlari Kelbajar, Agdam, Lachin tumanlari va Gazax tumanida Armaniston tomoni egallab turgan hududlar Ozarbayjon nazorati ostiga berilishini nazarda tutadi.

Urush tugagani e’lon qilingach, Armanistonda noroziliklar boshlangan. Yerevanda Armaniston parlamenti binosi yonida norozilik namoyishlarini uyushtirayotganlar Milliy majlis spikeri Ararat Mirzoyanni do‘pposlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda