Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qaroriga asosan bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yangi bojxona yig‘imlari stavkalari quyidagilarni nazarda tutadi:- davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qat’iy belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari belgilanadi;
- ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim turdagi bojxona yig‘imlari bekor qilinadi va ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
- tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imi stavkalari pasaytiriladi;
- bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga moliyaviy chora sifatida bojxona yig‘imi joriy etiladi.
Ushbu qaror 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)