Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatida ikkita yuk mashinasi va uchta yengil avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-noyabr kuni soat 15:30 larda Oltinko‘l tumani “Qo‘shtepa” MFY hududidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 425-kilometrida 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Isuzu o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Labo yuk mashinasini urib yuborgan. YTH 51 yoshli Labo haydovchisi mashinani chap tomonga burmoqchi bo‘lgani sabab yuzaga kelgani aytilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

To‘qnashuvdan so‘ng Labo qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan ikkita Nexia va Damas yengil mashinalari bilan avariya sodir etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

YTH natijasida Labo yo‘lovchisi 1975-yilda tug‘ilgan J.Q. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur YTH yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Isuzu rusumli yuk avtomobili haydovchisi Sh.I. bir yil mobaynida bir marotaba quvib o‘tish qoidalarini buzganligi bo‘yicha jarimaga tortilgan.

Avvalroq Navoiyda yomg‘irli havo sabab yuzaga kelgan sirpanchiq yo‘lda 11 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unda MAN rusumli yuk avtomashinasi ortilgan yuki bilan keskin tormoz olib, Lacetti’ni urib o‘tgan va sirpanishda davom etib tirkamasi bilan yo‘l chetida to‘xtab turgan “UAZ”, MAN yuk mashinalari, Mercedez-Benz, Cobalt, uchta Nexia va Matiz avtomobillariga shikast yetkazgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda