O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, “Navbahor” jamoasi sardori Azimjon Ahmedov, taniqli aktyor Yoqubjon Ahmedovning otasi Olimjon Ahmedov vafot etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Olimjon Ahmedov 31-oktabr, shanba kuni 65 yoshida vafot etgan. U uzoq yillar mobaynida “Namangan avtotexxizmat” korxonasida mehnat qilib, shu yerdan nafaqaga chiqqan. Oilada 4 o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab, el-yurt xizmatiga kamarbasta farzandlar etib voyaga yetkazgan.
Janoza namozi asrdan so‘ng Ahmedovlarning Namangandagi xonadonida o‘qilishi aytilmoqda.
Izoh (0)