UEFA matbuot xizmati Chempionlar Ligasining 2-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford haftaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘olib chiqdi. Angliyalik futbolchi “Leypsig”ga qarshi kechgan uchrashuvda (5:0) zaxiradan maydonga tushib, het-trik qayd etgandi.
Shuningdek, ushbu nom uchun quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi.
- Duvan Sapata (“Atalanta”) — “Ayaks”ga qarshi bahsda (2:2) ikkita gol;
- Moyze Kin (PSJ) — “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi uchrashuvda (2:0) ikkita gol;
- Joau Feliks (“Atletiko”) — “Zalsburg”ga qarshi o‘yinda (3:2) ikkita gol.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)