“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida “Leypsig”ga qarshi kechgan bahsda (5:0) uchta gol urdi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga qo‘shilgan hujumchi mazkur uchta golni urish uchun 27 daqiqa sarfladi. Bu Chempionlar Ligasi (Chempionlar Kubogi) tarixida zaxiradan tushgan o‘yinchi qayd etgan eng tezkor het-trik bo‘ldi, deya ma’lum qilmoqda Opta.

Foto: Opta

Bu ko‘rsatkichni Reshfordga qadar faqat besh nafar futbolchi qayd eta olgan. Reshford tezkorlik bo‘yicha esa Kilian Mbappening (38 daqiqa) rekordini yangiladi. Shuningdek, top-3 likdan Valter Pandiani (44 daqiqada) o‘rin olgan.

Reshford ortda qolgan ikki turda 4 ta gol urgan holda Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!