Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahslar 28-oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto; Twitter

Dortmundning “Borussiya”si o‘z uyida “Zenit”ni qabul qildi. Jeydon Sancho va Erling Holand tomonidan urilgan ikkita gol nemis klubiga g‘alaba keltirdi. “Latsio” esa safarda “Bryugge”ni yenga olmadi.

Turning markaziy o‘yini “Yuventus” va “Barselona” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Usmon Dembele katalonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Lionel Messi penaltini aniq ijro etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Dinamo Kiyev” ikkita to‘p farqi bilan oldinda borib, so‘nggi daqiqadagi gol tufayli “Ferensvarosh”ni yenga olmadi.

“Manchester Yunayted” o‘z uyida “Leypsig”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limda Meyson Grinvudning goli evaziga oldinga o‘tib olgan ingliz klubi tanaffusdan keyin yana to‘rt bor nemislar darvozasiga yo‘l topdi. Zaxiradan maydonga tushgan Markus Reshford het-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Antoni Marsyal muallif bo‘ldi. Guruhning dastlabki uchrashuvda PSJ safarda “Istanbul”ni yengdi.

YChL

2-tur bahslari

28-oktabr, chorshanba

E guruhi

“Sevilya” Ispaniya — “Renn” Fransiya 1:0

Gol: 1:0 – 55 de Yong.

“Krasnodar” Rossiya — “Chelsi” Angliya 0:4

Gollar: 0:1 – 37 Hadson-Odoi, 0:2 – 76, penalti Verner, 0:3 – 79 Ziyosh, 0:4 – 90 Pulishich.

F guruhi

“Borussiya D” Germaniya — “Zenit” Rossiya 2:0

Gollar: 1:0 – 78, penalti Sancho, 2:0 – 90 Holand.

“Bryugge” Belgiya — “Latsio” Italiya 1:1

Gollar: 0:1 – 14 Korrea, 1:1 – 42, penalti Vanaken.

G guruhi

“Yuventus” Italiya — “Barselona” Ispaniya 0:2

Gollar: 0:1 – 14 Dembele, 0:2 – 90+1, penalti Messi.

“Yuventus”: Shensni, Danilo, Bonuchchi, Demiral, Bentankur (Artur, 83), Kuadrado, Kulusevski (Makkenni, 75), Rabyo (Bernardeski, 83), Kyeza, Morata, Dibala.

“Barselona”: Neto, Serxi Roberto, Arauxo (Buskets, 46), Alba, Langle, Pyanich, de Yong, Dembele (Fati, 66), Pedri (Breytueyt, 90), Grizmann (Firpo, 89), Messi.

Ogohlantirishlar: Kulusevski (45), Serxi Roberto (60), Demiral (70), Kuadrado (74), Rabyo (79).

Chetlatish: Demiral (85).

“Ferensvarosh” Vengriya — “Dinamo Kiyev” Ukraina 2:2

Gollar: 0:1 – 28, penalti Sigankov, 0:2 – 41 de Pena, 1:2 – 59 Ngen, 2:2 – 90 Boli.

H guruhi

“Manchester Yunayted” Angliya — “Leypsig” Germaniya 5:0

Gollar: 1:0 – 21 Grinvud, 2:0 – 74 Reshford, 3:0 – 78 Reshford, 4:0 – 87, penalti Marsyal, 5:0 – 90 Reshford.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka (Tuanzebe, 81), Maguayr, Lindelyof, Shou, Fred, Pogba (Kavani, 81), van de Bek (Brunu Fernandesh, 68), Matich (Maktominey, 63), Grinvud (Reshford, 63), Marsyal.

“Leypsig”: Gulachi, Xenrixs (Zabitser, 63), Konate, Upamekano, Anxelinyo, Olmo, Nkunku (Serlot, 65), Forsberg, Kampl (Klyuyvert, 76), Halstenberg, Poulsen.

Ogohlantirishlar: Matich (34), Xenrixs (46), Klyuyvert (77), Zabitser (86).

“Istanbul” Turkiya — PSJ Fransiya 0:2

Gollar: 0:1 – 64 Kin, 0:2 – 79 Kin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!