AQShda Osiyoning ulkan Vespa mandarinia qovog‘ari-qotillar uyasi topilib, yo‘q qilindi. Uya Vashington shtatining Bleyn shahridagi qishloqlardan biridan topilgan, deb xabar beradi Meduza.
Vespa mandarinia — uzunligi 5 santimetrga yetadigan dunyodagi eng katta qovog‘ari. Bu kabi arilar asalarichilik bilan shug‘ullanayotganlar uchun juda xavfli — ular asalari uyasini bir necha daqiqa ichida yakson qilib tashlashga qodir. AQShda bu kabi qovog‘arilar ilgari kuzatilmagan va birinchi bor 2019-yilning oxirida Vashington shtatida aniqlangan.
2020-yilning oktabrida ulkan qovog‘arilar uyasi topilgan. Uyani yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya Vashington qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan. Ular “Yulduzlar jangi” filmidagi kabi maxsus kostyumlar bilan himoyalanib, arilarni o‘ldirgan.