Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatida “VAZ-2107” rusumli avtomashina piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: IIV

Foto: IIV

Ma’lum qilinishicha, 23-oktabr kuni soat 19:00 larda, Pungon–Pop yo‘lining 32-kilometrida “VAZ-2107” avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Farg‘onada Nexia urib ketgan elektroskuter haydovchisi, Andijonda ikki Nexia to‘qnashuvi natijasida 2 kishi, Navoiyda voyaga yetmagan qizga mashinasini boshqarishga bergan haydovchi va Farg‘onada Nexia’ga ulangan tirkamaning uzilib ketishi oqibatida bir kishi vafot etgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor insonlar uchun sharoit qanday? — “Daryo”da kichik so‘rovnoma
Sport
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchilariga Cobalt avtomobillari topshirildi