Afsonaviy argentinalik futbolchi Diyego Maradona “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduni dunyoning eng yaxshi futbolchilari deb hisoblashini aytdi.

Foto: Twitter

Messi va Ronaldu, Ronaldu va Messi... Men uchun bu ikkalasi boshqalardan ustunroq. Men ularga yaqinlasha oladigan hech kimni ko‘rmayapman. Hech kim ular qilayotgan ishning yarmini ham qilolmaydi.

Diyego Maradona, sobiq futbolchi

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Messi Ispaniya chempionatining 5 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Ronaldu esa Italiya A Seriyasida 2 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.