“Manchester Siti” akademiyasining 17 yoshli futbolchisi Jeremi Uisten o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati tomonidan xabar berildi.
Qayd etilishicha, markaziy himoyachi biroz vaqt oldin “Manchester Siti” akademiyasidan haydalgan. Bundan tashqari, uning tushkunlikdan aziyat chekkani aytilmoqda.
“Manchester Siti” oilasi akademiyaning sobiq futbolchisi Jeremi Uistenning vafot etganidan qayg‘uda. Uning do‘stlari va oila a‘zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Ushbu murakkab vaqtda biz siz bilanmiz.Ma’lumot uchun, Uisten Malavida tug‘ilgan va 2016-yilda “shaharliklar”ning 13 yoshgacha bo‘lgan jamoasiga qo‘shilgan.“Manchester Siti” bayonoti
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)