“Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min Angliya Premyer Ligasining 6-turidan o‘rin olgan “Byornli”ga qarshi bahsda (1:0) jamoasining yagona goliga mualliflik qilib, ajoyib statistik natija qayd etdi.
Gracenote xabariga ko‘ra, koreyalik futbolchi klubining dastlabki 3 ta safar o‘yinida 6 ta gol urgan Angliya chempionati tarixidagi ilk futbolchiga aylangan.
Qayd etish joiz, Son shu tariqa 2020/21-yilgi mavsum Premyer Ligadagi gollari sonini 8 taga yetkazib olib, musobaqa to‘purarlari ro‘yxatida 1-o‘ringa ham chiqib oldi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 9 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)