Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—sentabr oylarida jami 65,2 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sish sur’ati 2019-yilning yanvar—sentabr oylariga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar 27,9 foizni, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan ishlar 54,8 foizni hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 17,3 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida qurilish ishlarining asosiy qismi, ya’ni 95,8 foizi nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan. Qolgan 4,2 foizi davlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlariga to‘g‘ri keladi.

Respublika bo‘yicha qurilish ishlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, 2020-yilning yanvar—sentabr oylarida respublika bo‘yicha jami qurilish ishlarining 20,5 foizi yoki 13,4 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Shuningdek, Toshkent (7,1 foiz) va Buxoro (6,2 foiz) viloyatlarida ham boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq qurilish ishlari bajarilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar