O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi.

“Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, sharafli burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan mardlik va jasorat namunasi hamda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin”, – deyiladi farmonda.

II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

  • Sotvoldiyev Shuhratjon Hoshimovich — Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

“Mardlik” ordeni bilan

  • Ataxodjayev Adil Irgashevich — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
  • Tursunov Rustam Raxmonovich — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Saitbayev Timur Renatovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining tezkor qidiruv faoliyati kafedrasi professori

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

  • Zakirova Feruza Gulyamovna — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy poliklinikasi bosh shifokori
  • Muminova Aziza Rustamovna — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “O‘zbekiston” sanatoriysi boshlig‘i

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Pirlepesov Salamat Turganbayevich — Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimi
  • Salnikova Svetlana Yurevna — Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti

“Jasorat” medali bilan

  • Bokiyev Ravshan Oribjonovich (marhum) — Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
  • Nishonov Oybek Xamroqulovich (marhum) — Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ekspertiza va kriminalistika bo‘linmasi eksperti
  • Umarov Salim Usmonali o‘g‘li (marhum) — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Abdullayev Sherzod Xomid o‘g‘li — Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar bo‘yicha
  • Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori
  • Valixujayev Jamoliddin Alavidinxujayevich — Toshkent viloyati Qibray tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
  • Djaxonov Azizxon Payzullaxonovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i
  • Djumayeva Nargiza Turgunovna — Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili
  • Janbiyev Dilshod Kushkarovich — Toshkent viloyati Bo‘ka tumani ichki ishlar bo‘limining 1-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i
  • Matkurbanov Gulmurat Zaripbayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili
  • Namanxo‘jayev Azimxo‘ja Toxirxo‘ja o‘g‘li — Namangan viloyati Namangan shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori
  • Narkabilov Muxidin Tursunovich — Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi katta tergovchisi
  • Ortiqov Umatali Raximovich — Andijon viloyati Ulug‘nor tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
  • Raufjonov Shuhrat Abdurashidovich — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi
  • Saidov Timur Abbasxonovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
  • Sayidov Abror Axrorovich — Buxoro viloyati Olot tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
  • Toshbekov Mirkomil Abdusalimovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha portlatish uskunalarini zararsizlantirish maxsus otryadi komandiri
  • Shoymardonov Bahodir Abduraximovich — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limining 8-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i
  • Erkayev Odilbek Nurmamatovich — Xorazm viloyati Hazorasp tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

“Shuhrat” medali bilan

  • Abdurasulova Naziraxon Ergashaliyevna — Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tergovchisi
  • Dauletbayev Amanbay Asenbayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi boshlig‘i
  • Jabbarov Utkir Abdusattorovich — Surxondaryo viloyati Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
  • Jurakulov Bunyod Arzikulovich — Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
  • Kamolov Otabek Kudratovich — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi katta inspektori
  • Kurbanov Axror Abdukarimovich — Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori
  • Mamatnazarov Lazizbek Turaquliyevich — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 11-jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘ining o‘rinbosari
  • Maxamadaliyev Ravshan Kuchkarovich — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi katta tezkor vakili
  • Movlonov Umidjon Esonqulovich — Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i
  • Rashidov Dilshodbek Abdumajitovich — Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha
  • Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tezkor vakili
  • Sayipov Tulkun Turgunovich — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori
  • Sodiqov Alisher Roziqovich — Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili
  • Turdiyev Nurbek Abdivasiyevich — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining patrul-post xizmati brigadasi safdor xodimi
  • To‘xtayev Ulug‘bek Jololdinovich — Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • Usmonov Salimjon Sobirjonovich — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi safdor xodimi
  • Xudoyberdiyev Tulqinjon Raxmonberdiyevich — Sirdaryo viloyati Xovos tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
  • Yuldashev Temur Azadovich — Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshqarma boshlig‘i