O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlarini taqdirlash uchun “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

“Mamlakatimizda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin”, — deyiladi farmonda.

Farmonga muvofiq ta’lim-tarbiya sohasining bir guruh vakillari quyidagi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni

  • Jumayev To‘xtamurod Murtazayevich — Qorako‘l tumanidagi xalqaro matematika maktabi faxriy direktori, Buxoro viloyati

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni

  • Abdiyev Baxtiyor Bobonazarovich — Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Yo‘ldosheva Fayzixon Arapovna — Norin tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Namangan viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni

  • Rahmonova Ra’noxon Muxtarovna — Oltinsoy tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Aslonova Muxtaram Asqarovna — S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni

  • Kushenova Kanzira Karbayevna — Tomdi tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Uzakbayeva Roza Sarsenovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-Mehribonlik uyi o‘qituvchisi
  • Ishankulov Artikbay — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi direktori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni

  • Musayev Abdurashit Ibraximovich — Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining eshkak eshish bo‘yicha katta murabbiyi, Toshkent viloyati
  • Xodjayev Ravshan Ilxanovich — Buxoro ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha bosh murabbiyi, Buxoro viloyati

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni

  • Aripov Mersaid — O‘zbekiston Milliy universitetining amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi professori
  • Baboyeva Sabira Xasanovna — Guliston tumanidagi 27-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Shadiyev Tursun — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining “YUNESKO” kafedrasi mudiri

“Mehnat shuhrati” ordeni

  • Abdullayeva Zaynabjan Xudaybergenovna — Ellikqal’a tumanidagi 61-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Abduraimova Zulfiya Xaitovna — Yunusobod tumanidagi 250-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Abduraxmanova Salomat Shukriyevna — Mirzaobod tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-A sinf rahbari, matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Azizov Alixan Sharapovich — Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bosh murabbiyi
  • Boranbayeva Saodat Xasanovna — Yashnobod tumanidagi 166-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Gribanova Tatyana Aleksandrovna — Mirobod tumanidagi 158-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri
  • Gubina Galina Fyodorovna — Zarafshon shahridagi 3-maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Navoiy viloyati
  • Zaynutdinova Muynisxon Ismoilovna — Chust tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
  • Kamalova Dilarom Tuvalovna — Jomboy tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Krasnolobova Nataliya Rafaelovna — Nurafshon shahridagi 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Mavlonov Oqiljon Taxirovich — O‘zbekiston tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Mamajonova Inoyatxon Axmadjonovna — Buloqboshi tumanidagi 14-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Mirzamova Mavsuda Abdukaxxarovna — Namangan shahridagi 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Namangan viloyati
  • Mokrova Lyudmila Fedorovna — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi fortepiano o‘qituvchisi
  • Raximov Hoshim Temirovich — G‘ijduvon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Salidjanova Anjelika Anvarovna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Sanayeva Raxima Amirqulovna — Samarqand shahridagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Tulyaganov Dilshat Ubaydullayevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy va matematika fanlari kafedrasi mudiri
  • Uzakov Karim Ergashovich — G‘uzor tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Fozilov Nishonboy Arabovich — Zomin tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar uchun internat uyi direktori, Jizzax viloyati
  • Xayitova Gulbiniso Ochildiyevna — Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Shamsutdinova Optobxon Maksudaliyevna — Mehnat faxriysi, Farg‘ona viloyati
  • Shaumarova Muxaya — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining qishloq xo‘jalik mashinalari kafedrasi professori
  • Yuldasheva Ravza Tajiddinovna — Olmaliq shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

  • Jummayev Tursunmurod Rajabovich — Muzrabot tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Yosh tabiatshunoslar” to‘garagi rahbari, Surxondaryo viloyati
  • Kenjayeva Farida Jumayevna — Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyi direktori, Toshkent viloyati
  • Muminova Nafisa Gaybullayevna — Mirzaobod tumanidagi 11-maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Sirdaryo viloyati
  • Muminova Odinaxon Toshtemirovna — Oltiariq tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Raupova Dilbar Maxmudovna — Kogon tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-V sinf rahbari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Redjapova Donaxon Xolqo‘chqarovna — Andijon shahridagi Bolalar shaharchasi tarbiyachisi, Andijon viloyati
  • Tillayeva Feruza Raximovna — Bog‘ot tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Tokareva Irina Aleksandrovna — Yunusobod tumanidagi 259-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri
  • Usarova Santalat Utayevna — Mirzacho‘l tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Usmanova Muyassar Jurayevna — Koson tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Xusenova Zamira Nosirovna — Yashnobod tumanidagi 244-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Yakubova Gulchexra Uktamovna — Samarqand shahridagi 1-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Samarqand viloyati
  • Yangiboyeva Yulduz Abdirahmatovna — Yakkabog‘ tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Qashqadaryo viloyati

“Do‘stlik” ordeni

  • Abdullayeva Gulnora Tulanovna — Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati
  • Adizova Dilorom Oblokulovna — Nurota tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Alimuxamedova Magmura Malikovna — Mehnat faxriysi, kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Baxranova Zoya Anatolevna — Zarafshon shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri, Navoiy viloyati
  • Boboyev Axmedjon Boyevich — Sariosiyo tumani xalq ta’limi bo‘limi bosh metodisti, Surxondaryo viloyati
  • Borisova Irina Leonidovna — Mirobod tumanidagi 83-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Botirov Nizomidin — Oqqo‘rg‘on tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent viloyati
  • Gadayeva Manzura Urunovna — Kogon shahridagi 17-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Gadoyeva Musallam Nuriddinovna — Uzun tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-A sinf rahbari, adabiyot fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Gladkova Lyubov Yefimovna — Yangiyo‘l shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • G‘oyibova Dilbar Jo‘raqulovna — Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorako‘l akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Djumanova Ramiza Xayrullayevna — Nukus shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Yeleushinova Saltanat Dauirxanovna — Konimex tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Jabbarova Xadicha Sadikovna — Sho‘rchi tumanidagi 68-aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tarix fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Zvonova Yelena Yurevna — Muborak tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Ziyatdinova Genara Mitxatovna — “Elite Education Alternativa Sehriyo” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Toshkent shahri
  • Zufarov Rustam Axmedovich — Toshkent davlat yuridik universitetining jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori
  • Ibragimov Anatoliy Kasimovich — Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiyi
  • Ismatullayev Patxulla Raxmatovich — Toshkent davlat texnika universitetining metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish kafedrasi professori
  • Kuranbekov Axmatkul — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi professori
  • Mirzayeva Muazamxon Ashuraliyevna — Farg‘ona tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-A sinf rahbari, nemis tili fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Ortikov Isroiljon Sobirovich — Paxtaobod tumanidagi 32-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Rabbimova Xulkar Rabbimovna — Oqdaryo tumanidagi 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Razakov Batirbay Tursinbayevich — Xo‘jayli tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Raimqulova Shoira Maxmatkulovna — Boyovut tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Reymov Axmed Mambetkarimovich — Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Sarimsaqova Gulzoda Matlabovna — Forish tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Tojiyev G‘ulomjon Axmedovich — Hazorasp tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Toshkulov Abdukodir Xamidovich — Termiz davlat universiteti rektori, Surxondaryo viloyati
  • Usmanov Abdulxay Patxiddinovich — To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
  • Usmonova Dilbarxon Ismonovna — Yozyovon tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Usnatdinova Jumagul Sharapovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri
  • Yuldashev Saydali Aripovich — Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining shaxmat bo‘yicha murabbiyi
  • Yuldashev Urishbay — Jizzax politexnika institutining elektroenergetika kafedrasi professori, Jizzax viloyati
  • Yusupov Abdurashid Samadovich — Namangan tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

“Sodiq xizmatlari uchun” medali

  • Abdijamilova Turganbike Sarsenbayevna — Qo‘ng‘irot tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Abduvaliyev Andrey Xakimovich — Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori
  • Azizova Raxbarxon Muxiddinovna — Qiziltepa tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Axmedov Saloxiddin Muxtarovich — Buloqboshi tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Bakirov Poyan Uralovich — Termiz davlat universitetining rus filologiyasi fakulteti dekani, Surxondaryo viloyati
  • Begmatov Ismoiljon Abdullayevich — Kosonsoy tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
  • Bektemirov Xamro Solayevich — Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
  • Vaxobov Azimjon Abdumutalovich — Uchqo‘rg‘on tumani hokimi, Namangan viloyati
  • Davlatova Marxabo Komilovna — Xiva shahridagi Prezident maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Jurayev Shuxrat Nurullayevich — Samarqand shahridagi “Samarqand ko‘zmunchog‘i” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi direktori, Samarqand viloyati
  • Ibodullayeva Dilorom Murodullayevna — Tayloq tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-A sinf rahbari, biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Kadirova Fatima Rashidovna — Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professori
  • Karabayev Mamatxan Sadirovich — Geologiya fanlari universitetining foydali qazilma konlarini izlash va qidirish kafedrasi mudiri
  • Kuchkarov Shakir Uskanovich — Bo‘stonliq tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Kuchkarova Kamila Mirojidinovna — Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Qodirov Azizjon Murtazoyevich — Xatirchi tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-B sinf rahbari, kimyo fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Latipov Farhod Qurbonovich — Buxoro viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i
  • Mamadaliyeva Moxiraxon Yigitaliyevna — Uchko‘prik tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Mirzayev Farxad Kambarovich — Yangiyo‘l shahar hokimi, Toshkent viloyati
  • Mirzayeva Umidaxon Inamovna — Xo‘jaobod tumanidagi zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Navruzov Firdavs Shavkatovich — Buxoro shahridagi “The Knowledge Academy” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Buxoro viloyati
  • Nematova Sapura Mustafaqulovna — Baxmal tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-A sinf rahbari, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Niyozov Xolmirza Uzganovich — Oltiariq tumani hokimi, Farg‘ona viloyati
  • Ochilov Erkin Shukurovich — Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Pardayev Turgun Xaliyarovich — Angor tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Rajabov Barna Jurakulovich — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i
  • Rajapov Voxobjon Turajanovich — Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
  • Rozikova Maxliyo Azamatovna — Mirobod tumanidagi 213-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Sadiqova Shoira Ibraximovna — Chilonzor tumanidagi 202-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Uzokova Oliya Kadirovna — Qarshi shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Qashqadaryo viloyati
  • Xalilova Zilola Uralovna — Sardoba tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Xamdamova Nigoraxon Mamadaliyevna — Yunusobod tumanidagi 98-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-B sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Yusupova Xilola Karimjanovna — Namangan viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i
  • Yangibayev Baxadir — Shumanay tumani hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“Shuhrat” medali

  • Abdullayeva Ra’no Numanovna — Andijon shahridagi 35-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-B sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Azizova Nodira Kudratullayevna — Yakkasaroy tumanidagi 144-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Allamova Nazakat Azadovna — Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining tarix fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Almardanova Xadicha Sattarovna — Sho‘rchi tumanidagi “Happy Kids” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Surxondaryo viloyati
  • Anarkulova Barno Raxmatovna — Yangiyo‘l shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-B sinf rahbari, texnologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Aralova Ikbol Akmalovna — Dehqonobod tumanidagi 85-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-A sinf rahbari, rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Atayev Radjab Raximovich — Buxoro tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Atajanov Sarvar Sultanbayevich — Urganch shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-A sinf rahbari, milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Axmedov Baxodir Bobomurodovich — Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi toifali lektori
  • Badalova Nargiza Dadoyevna — Oqoltin tumanidagi 8-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Boboyeva Gulasal Jomg‘irovna — Qiziriq tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Boliqulov Asliddin Xoldorovich — Xovos tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Gevorkyan Laura Karenovna — Yunusobod tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Gulmatov Baxodir Xabibullayevich — Namangan shahridagi Prezident maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
  • Davlatov Abdullajon Abdulamidovich — Chortoq tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-B sinf rahbari, tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi, Namangan viloyati
  • Djalalov Temur Asfandiyarovich — Toshkent shahridagi Prezident maktabining fizika fani o‘qituvchisi
  • Djurayeva Shoxida Mirzaxmatovna — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Jo‘rayev Farxod Isroilovich — S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyining fizika fani o‘qituvchisi
  • Ibodova Mahfuza Namozovna — Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyning biologiya fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Islomova Zilolaxon O‘rinboyevna — Asaka tumanidagi 27-maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchi-tarbiyachisi, Andijon viloyati
  • Ismatova Nigoraxon Hayitovna — Chiroqchi tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Ismoilova Ra’noxon Pazildinovna — Bag‘dod tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Karabekov Jurabek Tadjibayevich — Zarbdor tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Kim Yekaterina Yakovlevna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Intellekt” nodavlat ta’lim muassasasining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Krilov Sergey Aleksandrovich — Mirobod tumanidagi 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Kuldoshev Xusan Ustayevich — Do‘stlik tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Kutliyeva Iroda Allaberganovna — Urganch tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Maradova Bayramgul Nodirovna — Qorovulbozor tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Medjitova Elzara Rizayevna — Uchtepa tumanidagi 107-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Muzaffarova Oqila Abdurahmonovna — Jondor tumanidagi “Madina-Mirzo” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Buxoro viloyati
  • Murodova Dilfuza Abdiqodirovna — Kasbi tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Musurmanova Nodira Xakimovna — Zomin tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Narjigitov Xusanbay — Guliston davlat universitetining matematika kafedrasi dotsenti, Sirdaryo viloyati
  • Odilov Kamoliddin Saloxiddinovich — Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Ochilova Kamolaxon Maxmudovna — Sergeli tumanidagi 329-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Raximova Shalolaxon Obitjonovna — Pop tumanidagi 50-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Namangan viloyati
  • Raximxodjayeva Nodira Saidaxralovna — Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining yetakchi o‘qituvchisi – Bank va moliya maktabi rahbari
  • Raxmanova Adiba Abduraxmonovna — Marg‘ilon shahridagi “Happy baby” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Farg‘ona viloyati
  • Raxmatov Lazizxon Temirxonovich — Samarqand shahridagi “Redbridge schools” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Samarqand viloyati
  • Raxmatova Shaxnoza Ismatullayevna — Samarqand shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Ro‘zmetova Sevara Achilovna — Qo‘shko‘pir tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Xorazm viloyati
  • Saburova Go‘zal Kadirberganovna — Beruniy tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-A sinf rahbari, tarix fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Sagiyeva Gulayim Abatbayevna — Qonliko‘l tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Sadiqova Nafisa Bobanazarovna — Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litseyning kimyo fani o‘qituvchisi
  • Samandarova Mayram Abdukayumovna — Bekobod tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Suyarova Gulbaxor Saydullayevna — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
  • Tillaboyeva Gulbaxor Axmadjanovna — Izboskan tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Tog‘ayev Alisher Sheraliyevich — Xatirchi tumanidagi 88-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
  • Toshpulatova Guljaxon Abdurafikovna — Samarqand tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • To‘ychiyeva Barnoxon — Shahrixon tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Umarov Alixan Axmadovich — Buxoro neft va gaz sanoati kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Usmanova Dilaram Sharafovna — Farg‘ona shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Utenazarova Ziyada Allanazarovna — Nukus shahridagi “Nukus Ziyada Nur” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Xaydarov Dilshod Mamarasulovich — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning kimyo fani o‘qituvchisi
  • Xalikulov Ali Buvaliyevich — Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Qo‘qon neft va gaz sanoati texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Xamroyeva Zebiniso Xolmamatovna — Boysun tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Xasanova Sevara G‘iyosiddinovna — Chilonzor tumanidagi 217-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Xodjayev Anvar Zakirovich — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining og‘ir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri
  • Xojabayev Aybek Jumabayevich — Taxiatosh tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Xudayberganova Aydin Temirovna — Olmazor tumanidagi 102-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyachisi, Toshkent shahri
  • Xo‘jaqulov Behzod Abdusattorovich — Mirobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri, Toshkent shahri
  • Egamberdiyeva Dilbar Raximberdiyevna — Xonqa tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
  • Ernazarova Gulnozaxon Raxmatillayevna — Dang‘ara tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
  • Yuldasheva Nilufar Abduraufovna — Qibray tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
  • Yulchibayeva Ra’noxon Mamatkadirovna — Jalaquduq tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Yarasheva Nigora Hazratqulovna — Vobkent tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati