Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan 21-oktabr, chorshanba kungi bahslar yakunlandi.

Foto: UEFA

“Manchester Siti” o‘z maydonida “Portu”ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar Luis Diasning golidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p vaqt o‘tmay Serxio Aguero penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda “shaharliklar” yana ikki bor raqib darvozasiga yo‘l topdi. Ilkay Gundo‘g‘an va Ferran Torresning gollari mezbonlarga g‘alabani taqdim etdi.

Guruhning narigi o‘yinida “Olimpiakos” va “Marsel” jamoalari kuch sinashdi. Unda yunonlar so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga uch ochkoga ega chiqdi.

Yana bir markaziy o‘yin D guruhi vakillari o‘rtasida kechdi. “Liverpul” jamoasi “Ayaks” maydoniga safar qildi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Sadio Manening uzatmasidan keyin Nikolas Talyafiko o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Mazkur gol amalda o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

Guruhning ikkini bahsida “Atalanta” safarda “Midtyulland”ni yirik hisobda dog‘da qoldirdi. Uchrashuvda debyut qilgan Aleksey Miranchuk bergamoliklar safidagi ilk golini ham urdi.

YChL

1-tur bahslari

21-oktabr, chorshanba

C guruhi

“Manchester Siti” Angliya — “Portu” Portugaliya 3:1

Gollar: 0:1 – 14 Dias, 1:1 – 20, penalti Aguero, 2:1 – 65 Gyundogan, 3:1 – 73 Ferran Torres.

“Manchester Siti”: Ederson, Erik Garsiya, Joau Kanselu, Ruben Diash, Uoker, Bernardu Silva, Gundo‘g‘an (Foden, 68), Mahrez, Rodri (Fernandinyo, 85; Stounz, 90), Sterling, Aguero (Ferran Torres, 68).

“Portu”: Marchesin, Mbemba, Pepe, Sarr (Evanilson, 80), Sanusi (Nakadzima, 77), Korona (Nanu, 77), Uribe, Dias (Manafa, 55), Fabiu Viyeyra (Taremi, 77), Marega, Serjiu Oliveyra.

Ogohlantirishlar: Uoker (28), Bernardu Silva (34), Joau Kanselu (36), Erik Garsiya (67), Pepe (84), Fernandinyo (90).

“Olimpiakos” Gretsiya — “Marsel” Fransiya 1:0

Gol: 1:0 – 90+1 Koka.

D guruhi

“Ayaks” Niderlandiya — “Liverpul” Angliya 0:1

Gol: 0:1 – 35, avtogol Talyafiko.

“Ayaks”: Onana, Mazraui, Sxyurs (Traore, 84), Talyafiko, Blind (Huntelar, 83), Qudus (Promes, 9), Klassen (Ekkelenkamp, 74), Tadich, Gravenberx, Neres (Labyad, 74), Martines.

“Liverpul”: Adrian, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, Fabinyo, Milner (Uilyams, 90), Veynaldum, Saloh (Shakiri, 60), Jons (Henderson, 46), Mane (Minamino, 60), Firmino (Diogu Jota, 60).

Ogohlantirishlar: Milner (38), Aleksander-Arnold (80), Promes (90).

“Midtyulland” Daniya — “Atalanta” Italiya 0:4

Gollar: 0:1 – 26 Sapata, 0:2 – 36 Gomes, 0:3 – 42 Muriel, 0:4 – 88 Miranchuk.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!