Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turida o‘z uyida Donetskning “Shaxtyor” klubini qabul qildi va 2:3 hisobida yutqazdi.
Madridliklar sardori Serxio Ramos kichik jarohat sabab o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Gracenote Live xabariga ko‘ra, “Real” Chempionlar Ligasi doirasida Ramossiz o‘tgan so‘nggi sakkizta o‘yindan yettitasida mag‘lubiyatga uchragan.
Ma’lumot uchun, “Shaxtyor”ga qarshi bahsda “Real” markaziy himoyasida Rafael Varan va Eder Militao juftligi harakat qildi.
“Real” Ramossiz quyidagi Chempionlar Ligasi o‘yinlarida mag‘lub bo‘lgan:
- “Real” — “Shaxtyor” 2:3
- “Man Siti” — “Real” 2:1
- PSJ — “Real” 3:0
- “Real” — “Ayaks” 1:4
- “Real” — SSKA 0:3
- SSKA — “Real” 1:0
- “Real” — “Yuventus” 1:3
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)