Joriy yilning 21-oktabr kuni ommaviy axborot vositalarida ENTER Engineering Pte. Ltd xodimlari ishtirokida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi obyektlardan birida yuz bergan holat videosi keng tarqaldi.
Hodisa 21-oktabr kuni ertalab ishchilar uchun mo‘ljallangan oshxona monobloki (elektron kirish tizimi)dagi texnik nosozliklar tufayli sodir bo‘lgan, natijada ular oshxonaga o‘z vaqtida kira olmagan va bundan norozi bo‘lgan.
Ayni paytda texnik mutaxassislar guruhi monoblok tizimidagi muammolarni bartaraf etmoqda. Shuningdek, voqeadagi barcha holatlarga oydinlik kiritish, shuningdek oqibatlarini bartaraf etish uchun kompaniya rahbariyati Qashqadaryo viloyatidagi obyektga yetib bordi.
ENTER Engineering axoborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)