Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi bo‘lajak jangi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Yandex Photos

Foto: Yandex Photos
Getjiga qarshi bo‘ladigan jangga kuchli tayyorgarlik ko‘rdim. O‘ylaymanki, qancha ko‘p ishlasang, g‘alaba shunchalik shirin bo‘ladi. Jangning qaysi ssenariyda o‘tishini bilmayman, ammo o‘zimning jangimni o‘tkazaman. Birinchi urinishlardan natija chiqmasa ham, men 25 daqiqa kurashishga harakat qilaman.

Agar “stoyka”da turish kerak bo‘lsa, men buni ham qilaman. Kurash tushish, urishish, “stoyka”da turishga tayyorman. Jangni muddatidan oldin yakunlamoqchiman. Men uni qay tarzda mag‘lub etishimni tasavvur qilyapman.

Getji har bir jangida professional sifatida o‘sishga erishdi. Fergyuson bilan jangda u meni hayratga soldi: Getji ehtiyotkorlik bilan jang qildi, shoshilmadi, o‘zini sovuqqonlik bilan tutdi. Munosib raqib.

Fergyusonda imkoniyat bor edi, ammo u mag‘lub bo‘ldi. Boshqa nomzodlar ham bor, ular nima qilishi kerak? Bizning jangimiz haqida gapirishga hali erta. Boshlanishiga u top-5 likdan kimnidir mag‘lub etishi kerak. Bunday imkoniyatga loyiq bo‘lish kerak.

Menga Getjining nima deyishi muhim emas. Men o‘z mahoratim haqida o‘ylayman. Agar u to‘g‘ridan to‘g‘ri jangga kirishsa, kutib olamiz, bosim o‘tkazamiz. Men diqqatimni raqibning yaxshi tomonlariga qaratishni yoqtirmayman. Men o‘zimga yoqqan narsani qilaman. Raqib nima qilishi kerakligi haqida o‘ylashni istamayman, aynan shu jihatim orqali ko‘plab jangchilardan farq qilaman.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, Habib va Jastin Getji o‘rtasidagi chempionlik jangi 24-oktabr, shanba kuni Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi