“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
20:58, 19.10.2020 23853

Habib Nurmagomedov Toni Fergyuson bilan jang qilmaydi. Uning Getjidan keyingi raqibi nomi ham ma’lum qilindi

UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getji ustidan g‘alaba qozonsa, kimga qarshi jang qilishini Habibning ustozi Xavyer Mendes ma’lum qildi.

Foto: UFC

Hozir Getji bilan jang qilamiz, keyin esa Jorj Sen-Pyerga qarshi oktagonga chiqishni xohlaymiz. Agar UFC Habib va Jorjni to‘rga qo‘yadigan bo‘lsa, juda ham qoyilmaqom voqelik bo‘ladi. Biz ayni damda kim bilan urishishni o‘zimiz hal qiladigan holatdamiz. UFC’ga kim bilan jang qilishni xohlashimizni aytamiz, keyin esa muzokaralar boshlanadi. UFC kimlarnidir taklif qiladigan holatlar ham bo‘ladi, biroq biz rozi bo‘lmasligimiz ham mumkin. Shunday ekan biz Sen-Pyer bilan boshqa variantlar paydo bo‘lmasidan oldin jang qilishni istaymiz.

Toni Fergyuson? Yo‘q, bu jang yaqin vaqtlar ichida sodir bo‘lmaydi. Toni Getjiga yutqazdi. Endi poygaga qaytishi uchun bir nechta jangda g‘alaba qozonishi kerak. Shuningdek, Tonining Habib bilan jangi qachondir sodir bo‘lishiga ham ishonmayman. Albatta, teoriyada bu yuz berishi mumkin, ammo u qanday amalga oshadi?

Toni Jastinga yutqazdi, qanday qilib Habib bilan jang qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi? Buning qanday imkoni borligini bilmayman.

Xavyer Mendes, murabbiy

Eslatib o‘tamiz, Habib—Getji jangi Toshkent vaqti bilan 24-oktabr, shanba kuni Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir:

  

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ

Boshqa yangiliklar