UFC’ning yengil vazndagi vaqtinchalik chempioni Jastin Getji amaldagi chempion Habib Nurmagomedovga qarshi jang oldidan fikrlarini bildirishda davom etmoqda. Bu safar uning fikrlari Habibning muxlislari haqida bo‘ldi.

Kollaj: “Daryo”

“Rossiyalik sportchilarni bilamanmi? Ba’zilari haqida bilaman. Ammo ularning muxlislari haqida bitta aqlbovar qilmas narsani ham bilaman: ular dunyodagi eng jiddiy odamlar, biroq ularni ko‘z yoshi to‘kishga qadar olib borish juda oson. Habibni taslim qilgan vaqtim, uning minglab muxlislari yig‘laydi. O‘z muxlislarimga esa 24-oktabr kuni haqiqiy xavflilik qanday bo‘lishini ko‘rsataman. Bu jangning bir qismiga aylanadi. 25 daqiqalik jang Xabib uchun xavf-xatarda o‘tadi”, — deydi Getji.

Eslatib o‘tamiz, UFC 254 musobaqasi Toshkent vaqti bilan 24-oktabr, shanba kuni 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.