Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes shogirdining o‘tmishdagi raqibi Konor Makgregorni hozirgi raqib Jastin Getji bilan solishtirdi.
“O‘ylashimcha, agar Getjini kurashga olib o‘ta olsak, u Konor Makgregordan xavfli bo‘lmaydi. Konor — kuchliroq zarbachi, garchi Getjida bu xususiyat joyida bo‘lsa ham. Biroq Getji — juda va juda jiddiy raqib, uni yerga yotqizishning o‘zi bo‘lmaydi. To‘g‘ri, Habib parterga ololmagan jangchini hali ko‘rmaganman. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham Habib yana va yana parterga olish uchun harakat qiladi, Getji esa bundan keyin juda toliqadi.
Getji kurashda o‘zini o‘ta qulay his qilmaydi. Habib esa unda o‘zini o‘z uyidagidek his qiladi. Shunday ekan, agar, Getji yerga tushib qolsa, unda juda jiddiy muammolar paydo bo‘ladi”, — deydi Mendes.
Eslatib o‘tamiz, Habib va Jastin o‘rtasidagi jang UFC 254 musobaqasi doirasida 24-oktabr kuni BAAdagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)