Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda yana ikkita xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi, deb xabar bermoqda “Kun.uz” Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga tayanib.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 13—14-oktabr kunlari O‘zbekistondan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Adiba travel and work va Good Work xususiy bandlik agentliklariga berilgan litsenziyalar ularning o‘z arizalariga binoan bekor qilindi.

Good Work XBAning litsenziyasi shu yil mart oyida vaqtincha — 10 ish kuniga to‘xtatib qo‘yilgan, bunga agentlik ustidan shikoyat arizalari kelib tushgani sabab bo‘lgandi.

Shu tariqa, O‘zbekistonda so‘nggi 18 oy ichida litsenziyasi bekor qilingan xususiy bandlik agentliklari soni 50 taga yetdi. XBAlar reyestriga jami 103 ta agentlik kiritilgan bo‘lib, ayni paytda ulardan 25 tasi litsenziyaga ega.

Avgust oyida litsenziyasi bekor qilingan XBAlardan 21 tasi faoliyatini tashkil qila olmay, litsenziyasini topshirgan, 11 tasi esa qonunchilikni turli shaklda buzgani ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga bundan ikki yil oldin — 2018-yil 15-oktabrda qabul qilingan qonun asosida ruxsat berilgandi. 2020-yil avgustida bu qonunga tuzatishlar kiritildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Milliy bog‘ni bezab turgan Niderlandiya lolalari — suratlarda
Mahalliy
Yoshlar telekanali ko‘rsatuvlarning birida Qoraqalpog‘istonni viloyat deb nomlagani uchun uzr so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi