• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda xorijga ishga jo‘natish bahonasida 300 dan ortiq odamni chuv tushirgan “Amilee Bahora” xususiy bandlik agentligi rahbarlariga sud hukmi o‘qildi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida xorijga ishga jo‘natish bahonasida fuqarolarni chuv tushirgan “Amilee Bahora” xususiy bandlik agentligi MChJ rahbarlariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

    Kadr: “Sevimli” telekanali

    Kadr: “Sevimli” telekanali

    Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, sudlanuvchilar — “Amilee Bahora” xususiy bandlik agentligi MChJ ta’sischisi va huquqshunosi, 1970-yilda tug‘ilgan Jahongir Tohirov va agentlik ta’sischisi hamda rahbari, 1972-yilda tug‘ilgan Bahora Raupovaga nisbatan sud hukmi o‘qilgan.

    Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy sud majlisi 2020-yil 5-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi binosida ochiq sud majlisida, raislik qiluvchi sudya Z.Ahmedova, sudya yordamchisi Z.Fayziyev va X.Rabbimov kotibligida bo‘lib o‘tgan.

    Mazkur jinoyat ishida jabrlanuvchilar soni 300 nafardan oshiqroqni tashkil etgan.

    Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jahongir Tohirov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik), 189-moddasi 1-qismi (tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish) va 228-moddasi 1-qismida (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

    Sudlanuvchi Bahora Raupova Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “v” bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik) va 189-moddasi 1-qismida (tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi va Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

    Bundan tashqari, sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilarga tegishli bo‘lgan Samarqand shahar Registon ko‘chasidagi 9-uyning 1-qavatida joylashgan va 1,317 milliard so‘mga baholangan 116,95 kvadrat metr ofis binosi kimoshdi savdosi orqali sotuvga qo‘yilib, sudlanuvchilarga aldangan fuqarolarga taqsimlab berilishi va ortib qolgan mablag‘ Jahongir Tohirov va Bahora Raupovaga qaytarib berilishi belgilandi.

    “Kun.uz”ning yozishicha, mazkur agentlik faoliyati ortidan kelib chiqqan noroziliklar bo‘yicha 2019-yil dekabr oyida, 2020-yil yanvar oyida mamlakatning turli hududlaridan bo‘lgan ko‘plab fuqarolar murojaat qilgan. Ana o‘sha murojaatlarda ko‘plab fuqarolar “Amilee Bahora” xususiy bandlik agentligi MChJ faoliyatidan norozi bo‘lgan.

    Keyinchalik ko‘plab fuqarolarning huquqni himoya qilish organlariga qilgan murojaatlari ortidan mazkur agentlikning litsenziyasi 2020-yil 4-mart kunidan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan to‘xtatib qo‘yilgan.

    Avvalroq Samarqandda fuqarolarni chet elga yuborishni va’da qilib, qariyb 787 million so‘m pulni o‘zlashtirgan Consort xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: “Korean and Migrations” xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga tayinlangan sud hukmi e’lon qilindi

    07.10.2020, 22:29   Izoh (0)   22760
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 20-oktabrgacha uzaytirildi

    07.10.2020, 22:11

    O‘zbekiston OTMlarida 2020/2021-o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

    07.10.2020, 21:42

    Toshkent metropolitenining “Sergeli” yo‘nalishini qurish ishlari yakunlanayotgani ma’lum qilindi

    07.10.2020, 21:27

    Andijon viloyatida koronavirusga chalingan homilador ayollar yerda yotibdi. Viloyat hokimligi esa 2152 ta zaxira o‘rni borligini ma’lum qildi

    07.10.2020, 21:12

    Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etiladi

    07.10.2020, 20:11

    Chilonzorda 13 yoshli bolaga kuch ishlatgan IIB xodimlari jazolandi

    07.10.2020, 19:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.